AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan bojlar joriy etilgaç, dunyo böylab kompaniyalar 34 milliard dollardan ortiq mablağ yöqotdi. Yöqotişlar yuqori xarajatlar va savdoning pastligi bilan boğliq, deb yozadi Reuters.

Agentlik S&P 500 indeksidagi 32 ta, Stoxx 600 dan uçta, Nikkei 225 dan esa 21 ta kompaniya faoliyatini tahlil qilib körgan. Donald Trampning oldindan aytib bölmaydigan savdo siyosati tufayli kompaniyalarning aksariyati öz yöqotişlarini aniq baholay olmagan.

Şu bilan birga, 42 ta kompaniya öz prognozlarida köriladigan daromadni qisqartirgan. Yana 16 tasi hisobotlarini çaqirib olgan yoki e’lon qiliş sanasini köçirgan. Xususan, Walmart daromad böyiça çoraklik hisobotni taqdim etişdan boş tortgan va tovarlar narxini oşirişini ma’lum qilgan. Volvo yaqin ikki yil davomida daromadlariga oid prognozlarni taqdim etmaydi. United Airlines ikkita turli hisobotni tayyorladi. Aviakompaniyadagilarga köra, joriy yilda makroiqtisodiy vaziyatni oldindan aytib bölmaydi.

Oq uyning ma’lum qilişiça, savdo bojlari Amerika iqtisodiyotiga 50-60 milliard dollar daromad olib kelgan. 28 may kuni AQŞ xalqaro savdo böyiça federal sudi prezident Trampning Xitoy, Kanada va Meksikaga nisbatan joriy etgan bojlarini noqonuniy deb topdi. Keyinroq AQŞ Apellyatsiya sudi uşbu qarorni rad etdi. Hujjatda aytilişiça, çet el mahsulotlariga bojlar öz kuçida qoladi.