Toşkent metropolitenining Yerusti halqa yöli yönalişi bekatlari oraliğida 3 oy davomida bosqiçma-bosqiç rejali profilaktik işlari amalga oşiriladi.
Qayd etilişiça, 14 ta bekatdan iborat «Texnopark—Qipçoq» bekatlari va bekatlar oraliği bir neça yildan buyon yölovçilarga xizmat körsatib kelmoqda.
«Jahon tajribasidan kelib çiqqan holda, yangi qurilgan metro yönalişlarida metro poyezdlar harakati va yölovçilar xavfsizligini ta’minlaş hamda sifatli xizmat körsatiş maqsadida, yerusti estakadalari va bekatlari ma’lum muddat foydalangandan söng, rejali profilaktik işlar amalga oşiriladi», — deyiladi xabarda.
Şu munosabat bilan Yer usti halqa yöli yönalişining «Texnopark—Qipçoq» bekatlari oraliğida bosqiçma-bosqiç 3 oy muddatga möljallangan rejali profilaktik işlar amalga oşiriladi.
Rejali profilaktik işlar amalga oşiriş uçun 2025 yil 8 iyun sanasidan boşlab ikkita bekat — «Turon (13-bekat) — Qipçoq (14-bekat)» bekatlari oraliğida metro poyezdlar harakati töxtatiladi.
Toşkent metropoliteni yölovçilarga noqulaylik hosil qilmaslik maqsadida «Qipçoq–Quruvçilar–Qipçoq» metro bekatlari oraliğida bepul xizmat körsatuvçi katta siğimli avtobuslar (metrobus) harakati yölga qöyiladi. Uşbu avtobuslarning kunlik iş vaqti tonggi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar amalga oşiriladi.











