Özbek estrada san’atiga munosib hissa qöşgan kompozitor, pedagog va professor Dilorom Omonullayeva 65 yoşida vafot etdi. Bu haqda marhumning hamkasblari Kun.uz'ga ma’lum qildi.

Dilorom Omonullayeva – taniqli bastakor, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, “Döstlik” ordeni sovrindori edi.

U 1959 yil 1 oktyabrda Toşkent şahrida musiqaçilar oilasida tuğilgan. V.Uspenskiy nomidagi maxsus musiqa maktabida fortepiano sinfi böyiça ta’lim olgan. 1978 yilda Moskvadagi P.I.Çaykovskiy nomidagi konservatoriyada tahsil olgan va professor Rumil Vildanov sinfini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1993 yildan V.Uspenskiy nomidagi maxsus musiqa maktabida öqituvçi bölib işlab kelayotgan edi.

Dilorom Omonullayeva ijodiy faoliyati davomida köplab taniqli xonandalar — Azimjon Soliyev, Obid Dadajonov, Xurşid Hotamov, Farrux Zokirov kabilar uçun musiqalar bastalagan. Ularning “Siz yoqqansan menga”¸ “Sen qaydasan”¸ “Emir yoğdi”¸ “Saraton” va boşqa qöşiqlari şuhrat qozongan.