«Ular halok bölganlar jasadini jang maydonidan olib ketiş uçun ikki-uç kunlik sulhga tayyor. Men ularni ahmoqlar deb hisoblayman. Sulh aynan ölimlar bölmasligi uçun kerak. Ya’ni, siz kayfiyatni köryapsiz – ular uçun bu uruşda faqat qisqa tanaffus masalasi», — deydi Volodimir Zelenskiy.

Ukraina prezidenti AQŞni sulhga erişiş uçun Rossiyaga nisbatan sanksiya bosimlarini kuçaytirişga çaqirdi, çunki «ular hozirça boşqa yöl bilan tuşunmayapti».

Şuningdek, Zelenskiy Rossiya tomonidan taqdim etilgan memorandum matnini hali körmaganini, biroq Ukraina delegatsiyasi baholariga tayanib, «aftidan, u jiddiy takliflar emas, balki ultimatumlar öz içiga olgan»ini ta’kidladi.

Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy Istanbuldagi muzokaralar davomida RF Ukrainaga frontning alohida hududlarida öt oçişni «ikki-uç kunga» töxtatiş taklifini berganini ma’lum qildi. Bu komandirlar halok bölganlar jasadlarini olib ketişlari uçun kerak. Medinskiy buni issiq havo va «kulrang hududdagi sanitariya holati» bilan izohladi.