Rossiya va Ukraina 2 iyun kuni Turkiyaning Istanbul şahrida bölib ötgan muzokaralarda oğir kasal va oğir yarador harbiy asirlar, şuningdek, 18 yoşdan 25 yoşgaça bölgan asirlarni almaşişga kelişib oldi. Bu haqda Ukraina delegatsiyasi rahbari, mamlakat mudofaa vaziri Rustem Umerov ma’lum qildi.
Unga köra, tomonlar ölganlarning jasadlarini «6000 ga 6000» formatida almaşişga ham kelişib olgan.
Umerov Rossiya tomoni Kiyevga uruşni tugatiş şartlari haqidagi memorandumini topşirganini tasdiqladi. Uning qayd etişiça, Ukraina hujjatni örganiş va keyingi qadamlar haqida qaror qabul qiliş uçun 1 hafta muhlat söragan.
Mudofaa vaziri, şuningdek, Ukraina delegatsiyasi Rossiyaga 20 iyundan 30 iyungaça navbatdagi uçraşuv ötkazişni taklif qilganini aytdi. «Bu muzokaralar jarayonida muvaffaqiyatga erişiş uçun nihoyatda muhim», dedi Umerov.
Şu bilan birga, uçraşuvdan söng, Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak Rossiya tomoniga qaytariş talab qilingan yuzlab ukrainalik bolalar röyxati ham topşirilganini ma’lum qildi.
Istanbuldagi uçraşuv yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy Ukraina bilan muzokaralar çoğida Rossiya frontning ma’lum qismlarida ikki-uç kunlik sulh tuzişni taklif qilganini aytdi.
Uning sözlariga köra, halok bölganlarning jasadini yiğiş maqsadida qisqa muddatli öt oçişni töxtatiş taklif qilinmoqda.
Medinskiy Rossiya Ukrainaga 6000 nafar ukrainalik askarning jasadini topşirişini ma’lum qildi.
«Biz bir neçta amaliy masalalarni hal qildik. Birinçidan, biz halok bölgan 6000 nafar Ukraina askarlari va ofitserlarining muzlatilgan jasadini bir tomonlama tartibda Ukraina tomoniga topşirmoqdamiz. Ular bizda saqlanyapti. Biz DNK tahlillarini ötkazdik, ularning şaxsini aniqladik. Bu jasadlarni dafn qiliş uçun keyingi haftada Ukrainaga topşiramiz. Bizga ham jasadlar topşiriladimi, bilmayman, agar topşirilsa, qabul qilamiz», dedi Rossiya delegatsiyasi rahbari.
Şuningdek, u tomonlar oğir yaradorlar va 25 yoşgaça bölgan mahbuslarni almaşişga kelişib olganini tasdiqladi.










