Avstraliyaning Gilmour Space Technologies startapi may oyi örtalarida uzoq kutilgan 23 metrli Eris raketasi parvozini elektr simlaridagi nosozlik tufayli bekor qilişga majbur böldi.
Muammoning sababini izlaş jarayonida qöporuvçilikda gumon qilinuvçi aniqlandi. Bu katta kakadu tötiquşi bölib, u parvoz maydonçasida kabellarga «ğayritabiiy qiziqiş bildirgani» ma’lum böldi.
Quşning aybdor ekani rasman isbotlanmagan bölsa-da, kompaniya rasmiylari bu raketa tizimida quvvatning keskin kötarilişiga «kamida hissa qöşgan omil bölişi mumkinligini» taxmin qilmoqda.
Gilmour Space Technologies rasmiylarining aytişiça, tizimdagi nosozlik böyiça içki tekşiruv davom etmoqda va ular tez orada yangi parvoz vaqtini e’lon qilişadi.












