Qaşqadaryoda sobiq IIB xodimi piçoqlab öldirildi, poytaxtga kirib kelayotgan eşak göşti töxtatib qolindi, Qurbon hayiti munosabati bilan qöşimça poyezd qatnovlari yölga qöyiladi - ötgan kun davomidagi muhim Özbekiston yangiliklari bilan Kun.uz'da tanişing.

Qaşqadaryoda sobiq IIB xodimi piçoqlab öldirildi

Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz tumanida sobiq IIB xodimi, YPX inspektori piçoqlab öldirildi. Bu haqda Telegramʼdagi “Avtoblog.uz” kanali xabar berdi. Ma’lum bölişiça, voqea 1 iyun kuni Şahrisabz şahridagi Sinaboğ mahallasida sodir bölgan. Hozirça bunga nima sabab bölgani ma’lum emas.

Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsuddinovning mahalliy OAVga bildirişiça, 48 yoşli fuqaro böyin sohasidan ötkir tiğli jism bilan jarohatlangan holda Şahrisabz şahar tez tibbiy yordam bölimiga olib kelingan. Holat yuzasidan Şahrisabz tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, 37 yoşli bir gumonlanuvçi şaxs protsessual tartibda uşlangan.

19 nafar hokim yordamçisi jinoiy javobgarlikka tortildi

Samarqand viloyatida 19 nafar hokim yordamçisi jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş hududiy kengaşining navbatdagi yiğilişida ma’lumot berildi.

Qayd qilinişiça, sohada manfaatlar töqnaşuviga oid hamda korrupsiyaga moyil bölgan munosabatlar saqlanib qolmoqda. Bu yil birinçi çoragida 3300 dan ortiq holatda hisobotlarga qöşib yoziliş aniqlangan va buning oqibatida 80 nafardan ortiq hokim yordamçisi hamda boşqa mas’ullarga nisbatan intizomiy, ma’muriy va jinoiy iş qözğatilgan. 19 nafar hokim yordamçisi jinoiy javobgarlikka tortilgan. 3 milliard sömlik subsidiya, nafaqa va kredit mablağlari talon-toroj qilingani aniqlangan.

Hokim yordamçilari tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning salmoqli qismi Samarqand şahri, Urgut, Iştixon va Oqdaryo tumanlariga töğri keladi, mahalliy hokimlik idoralari yoki bandlik organlari tomonidan xizmat tekşiruvlari ötkazilmagan.