Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumat a’zolari bilan uçraşuvda Bryansk va Kursk oblastlaridagi temiryöllar portlatilişini terrorçilik harakati deb baholadi. Uning sözlaridan «Interfaks» iqtiboslar keltirdi.

«Yaqinda Bryansk va Kursk oblastlarida temiryöllar portlatilgani, albatta, terrorçilik harakatidir va bunday jinoyatlarni sodir etiş töğrisidagi qaror, albatta, Kiyevda siyosiy darajada qabul qilingan», – dedi Putin.

Şu bilan birga, Putin «hamma joyda va har doim qurolli töqnaşuvlar vaqtida tinç aholi jabr köradi, bundan afsusdamiz», deya ta’kidlagan.

«Ammo Bryansk oblastida sodir bölgan voqea tinç aholiga qaratilgan maqsadli hujumdir. Barça xalqaro standartlarga köra, bunday harakatlar terrorizm deb ataladi», – deb qöşimça qildi u.

Rossiya prezidenti Bryansk va Kursk oblastlaridagi temiryöl relslarining portlatilişidan maqsad – Istanbuldagi Rossiya-Ukraina muzokaralarini buziş bölganini ta’kidlagan.

«Biz Istanbulda taklif qilgan tinçlik muzokaralarining navbatdagi bosqiçi arafasida tinç aholiga, jumladan, ayollar va bolalarga qarşi sodir etilgan barça jinoyatlar, albatta, muzokaralar jarayonini buzişga qaratilgan edi. Bu bir vaqtlar hokimiyatni qölga kiritgan Kiyevdagi allaqaçon noqonuniy rejim asta-sekin terrorçi taşkilotga aylanib borayotgani, uning homiylari esa terrorçilarning şeriklariga aylanib borayotganidan qörqişimizni tasdiqlaydi, xolos», – dedi Putin.

Rossiya prezidenti Istanbuldagi muzokaralarda Rossiya delegatsiyasining darajasi Moskvada umume’tirof etilgan me’yorlar asosida belgilangani va uni heç qanday vakolat va kompetensiyaga ega bölmagan şaxslar baholay olmasligini qayd etgan.

«Umumiy qabul qilingan xalqaro amaliyotga köra, bu darajani ma’lum şaxslar vakillik qilayotgan mamlakat belgilaydi. Bu darajani taşqi tomondan faqat özi yuqori darajadagi avtoritet va kompetensiyaga ega şaxslar belgilaşi mumkin. Ammo Kursk oblastida, mutlaqo bema’ni katta yöqotişlarga uçragan yoki bugun armiyasi jang maydonida birin-ketin mağlubiyatga uçrayotgan odamlar qanday kompetensiyaga ega bölişi mumkin? Körinib turibdiki, biz nafaqat heç qanday muhim vakolatga ega bölmagan, balki asosiy siyosiy madaniyatga ham ega bölmagan odamlar bilan iş olib bormoqdamiz», – dedi Putin.

Kiyevning gumanitar sabablarga köra qisqa muddatli öt oçişni töxtatişga rozilik berişdan boş tortgani Ukrainaga tinçlik kerak emasligini isbotlaydi, dedi Rossiya prezidenti. 

«Gumanitar sabablarga köra 2-3 kun davomida öt oçişni töxtatişga rozi bölişdan boş tortişga kelsak, bu birinçi marta emas. Bu bizni ajablantirmaydi, faqat bugungi Kiyev rejimiga tinçlik umuman kerak emasligini isbotlaydi. Rejim uçun tinçlik hokimiyatni yöqotiş demakdir. Va bu rejim uçun hokimiyat, aftidan, tinçlikdan va öziniki deb hisoblamaydigan odamlarning hayotidan muhimroqdir», – dedi u.