Ukraina Rossiya harbiy aerodromlari böylab «Örgimçak töri» operatsiyasi ötkazganiga uç kun böldi. Bu vaqtga kelib dronlarni Rossiya hududiga olib kirgan yuk maşinasi qanday harakatni boşlagani-yu, samolyotlari yonib kul bölgan aerdromlarning koinotdan olingan suratlarigaça tarqalib böldi. Rossiya bu sensatsion operatsiyaga qanday javob berişi oxirgi kunlarning asosiy muhokama mavzusi bölmoqda.

Putin jim

Rossiyaliklar Ukraina frontda, umuman, uruşda qandaydir muvaffaqiyatli yuriş qilsa, doimgidek Vladimir Putinning reaksiyasini kutişadi. Lekin biz ança yillardan buyon Vladimir Vladimiroviçning harakatlarini kuzatuvçilar uning qaror qabul qilişiga qandaydir taşqi omil deyarli ta’sir qilmasligini bilamiz.

Putin ruslar orzu qilayotganidek Ukraina böylab yadroviy zarbaga buyruq berişi ham mumkin, lekin bunga uni Kiyevning heç qaysi harakati majbur qilolmaydi. Putin Ukraina nimadir qilgani uçun biror çora körişni ular bilan hisoblaşiş deb biladi. Zelenskiy boşçilik ukrainlar bilan hisoblaşişni esa Rossiya prezidenti öziga ep körmaydi.

Ukraina «öyinçoq dronlar» bilan Rossiya strategik bombardimonçilarini yöq qilganiga Putin hozirça munosabat bildirgani yöq. Masalan, Rossiya prezidenti öşandan keyin Nikol Paşinyanni tuğilgan kuni bilan tabrikladi, Boyqönğir kosmodromi oçilganining 70 yilligi munosabati bilan tabrik yölladi, Rossiya bolalar huquqlari böyiça vakil bilan, keyin Rossiya tabiat resurslari vaziri bilan muloqot qildi. Xususan, örmon xöjaliklarining iqlim özgarişiga moslaşişi, kommunal çiqindilar bilan işlaş kabi mavzularni gaplaşdi.

Putin Ukraina hujum qilişi bilanoq televizorga çiqib «Endi mana bunday qilamiz», «Endi falon raketani otamiz», deyişini kutganlarga şunçaki Putinni yaxşi bilmaydigan odamlar deb ta’rif bera qolamiz. Putin heç qaçon bunday qilmaydi, u siz öylaganingizdan ança sovuqqon va mulohazali inson. Putin uçun eng katta tabu duşman uni ğazablantirganini tan olişdir. Axir Rossiya prezidenti öz tuğilgan kunida Qrim köprigi portlatilganida ham xotirjamlikni saqlab qolgandi.

«Yadroviy zarba beriş kerak»

Rossiya jamiyatida «Pautina» operatsiyasini oğriqli qabul qilişdi. Bu köproq ruhiy hujum böldi. Çunki Ukraina arzongarov dronlar bilan Rossiya aviatsiyasiga 7 milliard dollar zarar yetkazgaç, Rossiyada non, göşt, tuxum, greçka yoki aroq qimmatlab ketgani yöq. Rossiyaliklar maoşini ham vaqtida olmoqda. Şaharlar hamon xavfsiz, Ukraina şaharlari bilan taqqoslaganda, albatta.