Leonid Slutskiy boşçiligidagi LDPR deputatlari Rossiya hukumatiga çet el fuqarolari uçun keksa yoşdagi ijtimoiy pensiyalarni bekor qilişni taklif etuvçi qonun loyihasini yubordi.
Hujjatda çet elliklarga keksalik uçun ijtimoiy tölovlarni «tegişli qöşimça tölovlarni hisobga olgan holda» bekor qiliş taklif etiladi. Qonun loyihasi tasdiqlaş uçun hukumatga yuborildi, deb yozdi «RIA Novosti».
Qonun loyihasi mualliflari «Rossiya köplab xorijliklar uçun jozibador mamlakat, jumladan, Rossiya pensiyasini oliş imkoniyati tufayli» ekanini ta’kidlaydi.
«Şu bilan birga, Rossiyada örtaça tayinlangan pensiyaning örtaça iş haqiga nisbati qariyb 28 foizni taşkil etadi, ya’ni... pensiya iş haqining uçdan biridan kamini qoplaş imkonini beradi, bu esa uning butun mamlakat böylab nihoyatda pastligidan dalolat beradi», deyiladi parlament a’zolari bergan tuşuntiriş xatida.
Amaldagi qonunçilikka köra, ijtimoiy pensiya oliş huquqi Rossiyada kamida 15 yil yaşagan, yaşaş uçun ruxsatnomaga ega bölgan va ma’lum yoşga yetgan çet elliklarga beriladi (erkaklar uçun 70 yoş va ayollar uçun 65 yoş).
LDPR taşabbuskorlari pensiya tizimini asossiz majburiyatlardan himoya qilişga, budjet yukini kamaytirişga va pensiyani davlat qurişda iştirok etiş natijasi deb hisoblaydigan tamoyilga işonçni tiklaşga yordam beradi, deb hisoblaydi.








