Qozoğiston delegatsiyasi Londonda Buyuk Britaniya bilan harbiy hamkorlikni boşlaş töğrisida şartnoma imzoladi. Bu haqda Qozoğiston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
«Tomonlar Qozoğiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Buyuk Britaniya va Şimoliy Irlandiya Birlaşgan Qirolligi Mudofaa vazirligi örtasida 2025-2026 yillarga möljallangan Harbiy hamkorlik rejasini imzoladilar», deyiladi xabarda.
Delegatsiya Buyuk Britaniya poytaxtiga rasmiy taşrif bilan bordi. Unga Qozoğiston Mudofaa vazirligi apparati boşliği, polkovnik Erbol Kumarbekuli boşçilik qildi.
Bitimning asosiy yönalişlari tinçlikparvarlik, til örgatiş va qozoğistonlik harbiy xizmatçilarni Buyuk Britaniya oliy harbiy ta’lim muassasalarida öqitişdan iborat.
2024 yilda Qozoğiston va Buyuk Britaniya hukumatlari örtasida strategik şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitim, şuningdek, ta’lim va savdo sohasida qator memorandumlar imzolangan edi. Şu bilan birga, Buyuk Britaniya taşqi işlar vazirligi rahbari Devid Kemeron Qozoğiston va Markaziy Osiyoning boşqa davlatlarini kelgusi uç yil içida rivojlantiriş loyihalariga 50 million funt sterling miqdorida mablağ ajratilişini ma’lum qildi.
Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev avvalroq har qanday davlatlar örtasidagi harbiy mojarolarni «ibtidoiy ötmiş sarqiti» deb atagan edi.
Qozoğiston Buyuk Britaniyadan taşqari NATO a’zosi Italiya bilan ham 2021 yilda harbiy hamkorlik böyiça şartnoma imzolagan. 2025 yilda mamlakat Italiya, Hindiston va Vetnam bilan harbiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.













