Amerikalik tadbirkor va Tesla va SpaceX kompaniyalari egasi Ilon Mask Qöşma Ştatlarda yangi siyosiy kuç — «Amerika partiyasi»ni taşkil qiliş niyatida ekanini aytdi.

Bu haqda milliarder X ijtimoiy tarmoğida AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan kelişmovçiliklar ortidan ma’lum qildi.

Maskning ta’kidlaşiça, yangi partiya «amerikaliklarning 80 foizini markazçi qaraşlarini» ifodalaşi mumkin.

«Qöşma Ştatlarda 80 foiz mö’tadil köpçilikni haqiqiy ifodalovçi siyosiy partiya yaratiş vaqti keldimi?», deb söradi u obunaçilardan.

Mask tomonidan ötkazilgan onlayn sörov şuni körsatdiki, iştirokçilarning 80,4 foizi yangi siyosiy kuç yaratiş ğoyasini qöllab-quvvatlagan, 19,6 foizi esa qarşi çiqqan.

«Xalq öz fikrini aytdi. Qöşma Ştatlarga mö’tadil köpçilikni ifodalovçi yangi partiya kerak. 80 foiz odam bunga rozi. Bu taqdir», deb yozdi Mask ovoz beriş natijalarini şarhlar ekan.

Avvalroq, Mask Tramp va’da qilgan soliq imtiyozlarini amalga oşirişga qaratilgan qonunini tanqid qilgandi. Bunga javoban Tramp uni aqldan ozganlikda aybladi. Şundan söng, ikkalasi örtasida özaro ayblovlar bilan ommaviy mojaro kelib çiqdi.