Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 09:03 / 09.06.2025
3734
1 daqiqa o‘qiladi
Qaysi sohada tijorat korxonalari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?
Respublikada 2025 yilning 1 may holatiga jami 381 890 ta tadbirkorlik sub’yektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat yuritmoqda.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan ularning soni 20 097 taga oshgan.
Shuningdek, bu ko‘rsatkich tarmoqlar kesimida tahlil qilinganda eng yuqori ulushi savdo sohasiga (38,2 foiz) to‘g‘ri kelmoqda.
Ularning soni quyidagicha:
- savdo sohasida — 145 939 ta;
- sanoat sohasida — 56 440 ta;
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida — 32 242 ta;
- qurilish sohasida — 28 107 ta;
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida — 27 784 ta;
- tashish va saqlash sohasida — 16 188 ta;
- axborot va aloqa sohasida — 10 016 ta;
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida — 9 532 ta;
- boshqa sohalarda — 55 642 ta.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
11:55 / 10.07.2026
Ta’lim xizmatlarida oliy ta’lim eng katta ulushga ega bo‘ldi
10:25 / 06.07.2026
Har uchinchi yangi avtomobil - Cobalt: O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda?
22:18 / 05.07.2026
Iyunda sabzavotlar narxi tushdi, energiya va benzin qimmatlashdi - Statqo‘m
12:32 / 03.07.2026