Texnik sabablarga köra, faqat 9 iyun kuni Sankt-Peterburg—Toşkent yönalişidagi HY634 aviaqatnovi keçiktiriladi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, uşbu aviareys özgartirilgan jadval böyiça zaxira havo kemasida amalga oşiriladi:
- Sankt-Peterburgdan jönab ketiş — soat 23:00;
- Toşkentga yetib keliş — ertasi kuni soat 05:50 (mahalliy vaqt körsatilgan).
«Noqulayliklar uçun uzr söraymiz va tuşunişingizga umid qilamiz», — deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, may boşlarida Moskvaga uçgan Uzbekistan Airways reyslari zaxira aeroportlarga yönaltirilgan edi.









