Xalq demokratik partiyasi deputatlari Toşkent şahridagi avtomobillar uçun pulli töxtaş joylaridagi narxlarni qayta körib çiqiş zarurligini bildirdi.

Partiya rasmiy saytida e’lon qilingan ma’lumotga köra, poytaxt köçalarida avtomobil qöyiş joylaridan (şahar böylab 14 mingga yaqin pulli avtomobil töxtaş joylari taşkil etilişi belgilangan) foydalaniş haqi soatiga 12 ming sömdan boşlab belgilangani, tuşayotgan mablağlar böyiça oçiqlik va hisobdorlik yetişmayotgani jamoatçilik orasida turli muhokamalarga sabab bölmoqda.

Ta’kidlanişiça, bunday tizim aholining daromadlari va imkoniyatlariga mos bölişi, hayotiy zarur ehtiyojlari hisobga olinişi lozim.

“Masalan, poytaxt markazi va unga yaqin hududlarda işlayotgan yurtdoşlarimiz iş vaqti davomiyligi böyiça avtomobillarini 8 soat atrofida pulli töxtaş joylarida qoldirişiga töğri kelmoqda. Demak, kunlik tölov 100 ming söm atrofida bölib, oylik tölov mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoridan ham ortib ketmoqda. Bu esa fuqarolarning örtaça daromadlariga qançalik töğri kelayotgani jiddiy masalaga aylanmoqda.

Pulli töxtaş joylari bizga har tomonlama yaqin bölgan qöşni davlatlarda ham taşkil etilgan. Ularda töxtab turiş narxi bir neça barobar arzon. Demak, bizdagi tarif miqdori iqtisodiy mantiq va ijtimoiy adolat mezonlaridan ança uzoqligi körinmoqda”, – deyiladi partiya bayonotida.

XDP poytaxt pulli töxtaş joylari böyiça jamoatçilik fikrini örganib, ayrim takliflarini bergan.

Jumladan:

ommaviy foydalanişdagi xizmat uçun har qanday tarif yoki yiğim miqdorini belgilaşda aholining real daromadlari, ijtimoiy himoya darajasi va hayotiy ehtiyojlari inobatga olinişi zarur;

belgilangan tariflar iqtisodiy asoslanişi, qayta körib çiqilişi, mablağlar qayerga tuşayotgani, ularning qanday sarflanişi haqida ma’lumotlar keng jamoatçilikka oçiqlanişi kerak;

ijtimoiy obektlar, xususan, davlat tibbiy muassasalari, davlat xizmatlari körsatiladigan markazlar va «Inson» markazlari, şuningdek kutubxonalar oldidagi pulli töxtaş joylaridan ma’lum vaqt davomida bepul foydalaniş imkoniyatini yaratişni nazarda tutiş lozim;

savdo korxonalari, xizmat körsatiş, tibbiyot, sport va madaniy-köngiloçar muassasalar hududidagi töxtaş joylarining kamida 5 foizi imtiyozga ega şaxslar uçun bepul ajratilişi qat’iy ta’minlanişi kerak hamda mazkur me’yorni oşiriş imkoniyatlari ham körib çiqilişi maqsadga muvofiq;