5 iyun kuni özbek futboli tarixidagi eng zör kun bölib tarixga kirgandi. Öşa kuni muxlislar-u futbolçilar köp qiyinçiliklarga duç kelişdi. Lekin butun millat Ötkir Yusupov boşçiligida birlaşib, 90 daqiqa bardam turib mundial yöllanmasini qölga kiritgandik. Öşa kungi sabr-toqat uçun taqdir bugun «Bunyodkor» stadionida biz uçun çinakam tuhfa tayyorlab qöygan ekan...

Özbekiston milliy jamoasi saralaşning oxirgi öyinini Qatarga qarşi Toşkentda, öyin boşlanişidan bir neça soat avval liq tölgan stadionda ötkazdi. Odatda milliy jamoa öynasa, stadion tölarmikin, deb kutardik. Bugun esa odamlar stadionga siğarmikin, deb öyinni kördik. Axir bu tarixiy öyinga tuşişni millionlab odamlar xohlagandi. Stadionda esa 33 mingga yaqin baxtli odamlar «Oq börilar»ning ajoyib öyinini tomoşa qilişdi.

Turnir jadvali nuqtai nazaridan bugungi bahsda Özbekistonda motivatsiya yöq, qaytanga Qatarga ğalaba zarurroq edi. Biroq futbolçilar bugun bayram qiliş uçun kelgan muxlislar uçun juda zör öyin körsatişdi.
Qatar öyin boşida yaxşi qarşilik körsatdi, birinçi golni uriş oson bölmadi. Şunday qiyin pallada Aziz Turğunboyev mas’uliyatni qöliga olib öng qanotdan jarima maydonçasiga yorib kirdi. Aziz ikki raqib oyoği ostidan töpni yulqib olib zarba pozitsiyasiga çiqdi va yaqin yuqori burçakni aniq nişonga oldi. Qatar posboni töpni qaytaraman deb öylagandi, lekin u stadion larzaga kelgan vaqtda tuşunib yetdi: töp töqqizlikka «mixlangandi» – 1:0.

Butun öyin davomida Özbekiston katta ustunlikka ega böldi, juda köp zarba yölladi, Yusupov zerikib qoldi. Biroq gol uçun nimadir yetişmayotgandi. Kapadze 62-daqiqada ana şu yetişmayotgan nimanidir topdi va Jamşid Iskanderovni maydonga tuşirdi. Futbolimiz Iniyestasi top öyin ötkazdi. Avvaliga Eldor Şomurodovga çamasi 40 metrdan turib zargarona golli uzatmani amalga oşirdi. Eldor yakuniy zarbada adaşmadi – 2:0.

Hakam tomonidan qöşib berilgan daqiqada Kadapze Şomurodovni öyindan olib örniga muxlislar kutgan Igor Sergeyevni tuşirdi. Superligani yondirayotgan hujumçi hamon top darajada ekanini isbotlaşi uçun 10 soniya ham vaqt ketmadi: şunday maydonga tuşdi-da, maestro Iskanderovning burçakdan uzatgan töpini darvozaga yölladi – 3:0.




























































































