3 iyun kuni Janubiy Koreyada muddatidan avval bölib ötgan saylovda muxolifat, ya’ni demokrat partiyadan nomzod Li Jye Myon ğalaba qozondi. Xöş, u AQŞ, Şimoliy Koreya va Özbekiston bilan qanday siyosat olib boradi? Kun.uz muxbiri “Geosiyosat” dasturida Janubiy Koreyaning Hankuk xalqaro universiteti Markaziy Osiyo fakulteti rahbari Li Ji-Eun bilan suhbatlaşdi.
— Bu safargi saylov natijalari nisbatan kiçik farq bilan yakunlangani Koreya jamiyatidagi siyosiy bölinişni qanday aks ettiradi?
— Ha, darhaqiqat, bu yilgi saylovda juda köpçilik ovoz berdi. Butun mamlakat böyiça saylovda iştirok etiş darajasi 79,4 foiz böldi, Li Jye Myon ovozlarning 49 foizdan köproğini olib, jami 17,28 million ovoz töpladi.
50 million aholiga ega mamlakatda saylov huquqiga ega bölgan deyarli barça odamlar ovoz berdi. Siz aytganingizdek, birinçi va ikkinçi örinni egallagan nomzodlar orasidagi farq juda kiçik. Bu Koreyadagi demokratiya va fikrlar xilma-xilligini körsatadi. Koreya tarixidagi eng köp ovoz töplagan prezident — aynan Li Jye Myon böldi. Biroq siz aytganingizdek, ikkinçi örinni olgan nomzod ham kutilganidan ança köp ovoz oldi. Bu esa sönggi paytlarda siyosiy mafkura va yönalişlar böyiça ixtiloflar kuçayganini körsatadi. Natijada Koreya jamiyati katta badal töladi.
Demokratik jamiyatda siyosiy qaraşlarning xilma-xilligi tabiiy va hurmat qilinişi kerak. Ammo bu töqnaşuvlar zöravonlikka aylanadigan yoki hokimiyat egasi vakolatni suiiste’mol qiladigan bölsa, u jamiyat zaiflaşadi. Sönggi olti oy içida Koreya aynan şunday holatni boşdan keçirdi. Keça prezident Li Jye Myonni omma bilan muloqot marosimida bu ixtiloflarni bartaraf etiş va bölingan jamiyatni birlaştiriş, ya’ni “katta birlaşuv”ni amalga oşiriş niyatida ekanligini ta’kidladi.
Siyosiy qaraşlar farqli bölsa-da, xalqning tinç va farovon hayot keçirişi, Koreya yarimorolida tinçlikni ta’minlaş, xalqaro miqyosda Koreyaning nufuzini oşiriş kabi umumiy maqsadlarda hamma yakdil. Şuning uçun yangi prezident xalq istaklarini jamlab, uşbu maqsadlarni amalga oşirişga harakat qiladi, degan umiddamiz.
— Muxolifat nomzodining ğalabasi Koreyaning taşqi siyosatiga, ayniqsa AQŞ, Şimoliy Koreya, şuningdek Özbekiston bilan munosabatlariga qanday ta’sir qilişi mumkin?
— Prezident Li Jye Myonning saylovoldi dasturiga nazar taşlasak, unda amaliy yondaşuv (pragmatizm) köp uçraydi. Ya’ni Koreya va koreys xalqi manfaatlari uçun amaliy qarorlar va siyosat yuritiş asosiy ğoya hisoblanadi. Taşqi siyosat ham aynan şunday yönalişda böladi deb öylayman.
Birinçidan, Şimoliy Koreya bilan muloqotni tiklab, Koreya yarimorolida tinçlik örnatişga intiladi. Oddiy xalq uçun tinçlikdan muhimroq narsa yöq. Yaqinda biz Rossiya-Ukraina uruşi, Isroil-Falastin uruşi, Hindiston-Pokiston mojarolari kabi bir qança keskin töqnaşuvlarga guvoh böldik. Bu uruşlar oddiy odamlarning hayotini qanday vayron qilayotganini körib turibmiz. Şu sababli yangi prezident eng avvalo yarimorolda tinçlikka erişişga harakat qiladi.
Şuningdek, bilamizki, AQŞ – Koreya uçun harbiy, xavfsizlik va savdo sohalarida muhim hamkor hisoblanadi. Lekin şu bilan birga, atrofimizdagi Xitoy, Yaponiya va Rossiya ham Koreya uçun juda muhim davlatlardir. Oldingi hukumat davrida AQŞga haddan taşqari boğliq bölgan siyosat yuritilgan bölsa, endi yangi hukumat Markaziy Osiyo mamlakatlari, şuningdek, Koreya bilan tarixan yaqin aloqalarni saqlab kelgan Özbekiston kabi mamlakatlar bilan pragmatik taşqi siyosat olib borib, köp tomonlama hamkorlikni kuçaytiradi, deb öylaymiz.
Koreya hukumati AQŞ bilan aloqalarni muhim deb hisoblab kelgan. Prezident Li Jye Myon ham AQŞ bilan aloqalar muhimligini ta’kidlaydi, lekin Amerikada ham yaqinda prezident almaşdi va köplab özgarişlar yuz beryapti. Masalan, Trampning tariflar bilan boğliq siyosati sabab muammolar boşqa mamlakatlar kabi Koreyani ham çetlab ötgani yöq. Hokimiyatga endi kelgan Li Jye Myon AQŞning siyosatini kör körona qöllab-quvvatlamaydi, deb öylayman.
Fikrimça, Amerika bilan bir qatorda Yaponiya, Xitoy va Tayvan kabi mamlakatlar bilan köp tomonlama siyosat olib boradi. Şuningdek, Rossiya va Xitoy mamlakatlari bilan munosabatlar ham iliqlaşişi mumkin. Aslida Xitoy va Rossiyaning ham Koreya taşqi savdo aylanmasida uluşlari kam emas. Şuning uçun barça mamlakatlar bilan muvozanatga asoslangan siyosat yuritiladi deb öylayman.
Men bunday köp vektorli siyosatni Özbekiston ham olib borayotganini köryapman va Koreya ham aynan bir katta mamlakatga siyosiy va iqtisodiy boğlanib qolmay köp vektorli siyosat olib boradi deb umid qilaman.
— Demokratik partiya hokimiyatga kelar ekan, Koreya va Özbekiston munosabatlarida qanday özgarişlar bölişi mumkin?
— Özbekiston – Koreyaning asosiy hamkor davlatlaridan biri. Şu sababli 2019 yilda ikki davlat örtasidagi munosabatlar strategik şeriklik darajasiga kötarilgan. Bunday munosabat Markaziy Osiyo davlatlari orasida faqatgina Özbekiston bilangina mavjud.
Oldingi hukumat davrida ham aloqalar yuqori darajada edi, masalan ötgan yili Özbekistonga davlat taşrifi amalga oşirildi va prezidentlar darajasida ham muzokaralar bölib ötgan edi.
Kelgusida hamkorlik qiliş kerak bölgan köplab yönalişlar mavjud. Avvalo, Özbekiston hozirda rivojlaniş uçun yangi turtki izlamoqda. Raqamlaştiriş asosiy masalaga aylangan. Bu borada Koreya dunyodagi ilğor texnologiyalarga ega. Özbekiston esa hozirda Markaziy Osiyodagi eng ta’sirli davlatga aylanib boryapti.
Endi nafaqat Koreya––Özbekiston ikki tomonlama hamkorligida, balki Koreya–Markaziy Osiyo köp tomonlama muloqotida ham Özbekiston faol iştirok etişiga umid qilamiz.
— Prezident Li Jye Myonning migratsiya siyosatini qanday taxmin qilasiz?
— Bizning mamlakat juda tez sur’atda qarib bormoqda. Ayniqsa, Koreyaning viloyatlarida xorijlik işçilar zarur. Özbekistonliklar soni Koreyada allaqaçon 100 ming nafar atrofida. Mamlakatimizdagi Özbeklar çet elliklar orasida uçinçi yoki törtinçi örinda turadi, taxminan ularning soni 94 mingdan ortiq.
Ular butun Koreya böylab öz jamoalarini şakllantirib, jamiyatga yaxşi moslaşib yaşamoqda. Şuning uçun yangi hukumat immigratsiya siyosatiga sezilarli e’tibor qaratadi, deb öylayman. Koreyada özbekistonliklar soni ortib borayotgani bois Özbekiston Koreya uçun muhim davlat sifatida qabul qilinadi va sanoat amaliyoti, mehnat immigratsiyasini kengaytiriş yönalişida harakat qilinadi, deb taxmin qilyapman.
— Yangi prezident Özbekistonga taşrif buyurişi mumkinmi?
Men tez orada Özbekiston prezidenti va Koreyaning yangi rahbari uçraşadi deb öylayman. Ötgan yili Janubiy Koreya prezidenti Özbekistonga taşrifini amalga oşirgan edi, şuning uçun javob tariqasida Özbekiston yetakçisi Seulga javob taşrifni uyuştirişi ham mumkin. Agar unday bölmasa-da ötgan yilgi prezidentlar uçraşuvida Janubiy Koreya va Markaziy Osiyo rahbarlari uçraşişiga kelişilgan edi. Afsuski, bizning mamlakatimizdagi siyosiy beqarorlik sabab uşbu taşabbus amalga oşmagan edi. Menimça uşbu tadbir Seulda taşkil etiladi va şunda davlatlarimiz rahbarlari uçraşişi uçun imkon böladi. Özaro diplomatik aloqalarni yaxşilaş orqali tez orada oliy darajadagi uçraşuvlar bölişini intiqlik bilan kutib qolaman.
NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlaşdi.











