Germaniyaning amaldagi hukumati hozirda Ukrainaga TAURUS qanotli raketalarini yetkazib beriş masalasini «körib çiqmayapti», dedi Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius. 12 iyun, payşanba kuni Kiyevga taşrifi çoğida bu haqda söralganda, Pistorius şunday javob berdi: «Siz mendan bunday imkoniyatni körib çiqyapmizmi, deb söradingiz, javobim - yöq».
Ukraina uzoq vaqtdan beri 500 kmdan ortiq masofaga uçuvçi TAURUS raketalarini yetkazib berişni talab qilib keladi, ular yordamida Rossiya içkarisidagi nişonlarga zarba berilişi mumkin.
Şu bilan birga, Boris Pistorius Ukrainaga uzoq masofali qurollarni sotib oliş uçun qöşimça keng kölamli yordam körsatişga va’da berdi. Uning sözlariga köra, Germaniya Kiyevni zarur tizimlar bilan tezroq ta’minlamoqçi. Oxirgi oylarda tasdiqlangan 7 milliard yevrodan taşqari yana 1,9 milliard yevro ajratiş rejalaştirilmoqda, dedi u. Bu mablağlar qisman Ukrainada işlab çiqariladigan uzoq masofali qurollar uçun tölovga sarflanişi mumkin. «Dastlabki tizimlar, ehtimol, yaqin oylarda olinadi», deb va’da berdi Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakati Germaniyadan Iris-T zenit-raketa komplekslari va ular uçun ehtiyot qismlarni kelgusida yetkazib berişga umid qilayotganini aytdi. «Kelgusi uç yil uçun yetkazib beriş rejamiz bor», dedi u. «Bundan taşqari, mudofaa sanoati sohasida hamkorlik çuqurlaşadi. Biz Germaniya va Ukrainada qöşma korxonalar köproq bölişini istaymiz», — deya ta’kidladi Zelenskiy.
Şu bilan birga, Ukraina prezidenti Germaniya bilan faol hamkorlikka qaramay, Vaşington qöllab-quvvatlovini butunlay almaştirib bölmasligini tan oldi. Masalan, Patriot zenit-raketa komplekslari faqat AQŞda işlab çiqariladi, hatto Germaniya bu tizimlarni Kiyevga boşqa davlatlarga qaraganda köproq yetkazib bergan bölsa ham, dedi Zelenskiy.













