Konstitutsiyada heç kim qonunga asoslanmagan holda qamoqda saqlanişi mumkin emasligi belgilab qöyilganiga qaramay firibgarlikda gumonlanayotgan ayol Olmazor tumani prokurorining beparvoligi sabab 1 yoki 2 emas, kamida 80 kundan buyon asossiz qamoqda qolmoqda. Inson huquqlari himoyasiga mas’ul Ombudsman bu boradagi şikoyatni tergov organiga yuboriş bilan çeklangan.

Qonunçilikda şaxsni qamoqda saqlab turiş asoslari va muddatlari aniq belgilab qöyilgan. Hatto mamlakat konstitutsiyasida qamoqda saqlaşga faqat sud qaroriga köra yöl qöyilişi, şaxs sudning qarorisiz 48 soatdan ortiq muddat uşlab turilişi mumkin emasligi aniq va tiniq qilib körsatib ötilgan. Ammo bu qoidalar Olmazor tumani prokuraturasi va tuman içki işlar tergovida oçiqçasiga buzilmoqda: firibgarlikda gumonlanayotgan ayol asos bölmagan holda kamida 80 kundan buyon qamoqda uşlab turilibdi. 

PS: Maqola ayolning jinoyat sodir qilişda aybi bor yoki yöqligi haqida emas, buni sud hal qiladi.

Bir boşidan...

Hammasi fuqaro Nozima Davronovaga nisbatan ikki hududda “delo” oçilib, sanksiya qöllanganidan boşlangan. Bu qanday bölgan?

Angren şahar IIBdagi tergov doirasida jinoyat işlari böyiça Angren şahar sudining 2024 yil 22 apreldagi ajrimi bilan Nozima Davronovaga nisbatan sirtdan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.

Nozima Davronovaga Olmazor tumanidagi boşqa bir “delo” doirasida jinoyat işlari böyiça şu tuman sudining 2024 yil 11 maydagi ajrimi bilan ham sirtdan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan.

Firibgarlikda gumonlanayotgan ayol 2024 yil 28 iyul kuni uşlangan hamda Angrendagi jinoyat işi böyiça tergovga topşirilgan.   

Uşbu tergov yakunlanib, iş jinoyat işlari böyiça Ohangaron tuman sudiga oşirilgan va şu sudning 2024 yil 26 dekabrdagi hukmi bilan Nozima Davronovaga 2 yil 6 oy muddatga ahloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan. Mazkur iş Toşkent viloyati sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida ham körib çiqilib, 2025 yil 14 maydagi ajrim bilan hukm özgarişsiz qoldirilgan. Şikoyat yoki protest kelib tuşmagani bois apellyatsiya sudida hukmning Nozima Davronovaga oid qismi muhokama qilinmagan.

Olmazorni “xotirjam” qilgan hukm

JIB Ohangaron tuman sudining 2024 yil 26 dekabrdagi hukmida Nozima Davronovaga 2 yil 6 oy muddatga ahloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan. Jazoni ijro etiş va ijrosini nazorat qiliş u doimiy röyxatdan ötgan Angren şahar IIB zimmasiga yuklatilgan. Ayolga nisbatan qöllangan “qamoqqa oliş” ehtiyot çorasi bekor qilinib, JIB Olmazor tuman sudining 2024 yil 11 maydagi ajrimiga asosan N.Davranovaga nisbatan boşqa jinoyat işi böyiça “sirtdan qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilganligi inobatga olingan.

Toşkent viloyat sudi raisining örinbosari - jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati raisi Umid Rasulberdiyev Kun.uz’ga tuşuntirişiça, ayni şu sana (2024 yil 26 dekabr)da N.Davranova Olmazor tuman IIB TB ixtiyoriga ötgan va JIB Olmazor tuman sudining 2024 yil 11 maydagi sirtdan qamoqqa oliş haqidagi ajrimi kuçga kirib, muddati öta boşlagan.

Şunga asoslanilsa Nozima Davronovani qamoqda saqlab turiş muddati 2025 yil 26 mart kuni tugagan böladi  (maxbusning advokatlari qamoq muddati hukm çiqqan sana - 2024 yil 26 dekabrda tugagan bölişi kerak, deb hisoblamoqda). Uşbu muddat tergov organi tomonidan uzaytirilmagan. Demak, Nozima Davronova 2025 yil 26 martdan boşlab hisoblansa (maqola e’lon qilingan sana – 13 iyungaça) 80 kundan buyon asossiz ravişda qamoqda uşlab turilgan böladi.

Prokurorning yolğoni

Bunga qadar ayolning advokatlari turli idoralarga qamoqda uşlab turişning asossiz ekanini asoslab, uni darhol ozod etilişini söragan holda 40dan ziyod şikoyatlar yöllagan. Ammo deyarli barça arizalar Olmazor prokurori yoki tergovçisiga yuborilavergan.

Şu şikoyatlardan biriga Olmazor tumani prokurori Ahror Axunov nomidan 2025 yil 20 may kuni javob xati berilgan.

Nozima Davronova qanday asos böyiça qamoqda uşlab turilgani haqidagi sörovga javoban yozilgan xatda “Çirçiq şahar IIB Tergov bölimi iş yurituvida mavjud bölgan jinoyat işi böyiça ayblanuvçi N.Davronovaga nisbatan bir neçta ayblov bilan ayblov e’lon qilinib, unga sirtdan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi tanlangan hamda qidiruv e’lon qilingani” haqida gap boradi.

Ammo Nozima Davronovaga nisbatan Çirçiq şahar IIBda heç qanday “delo” qözğatilmagan va unga sirtdan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanmagan. Buni Çirçiq şahar IIB hamda jinoyat işlari böyiça Çirçiq şahar sudi rasmiy xat bilan tasdiqlagan.   

 

Nozima Davronovaga nisbatan Çirçiq şahar IIBda “delo” qözğatilib, sirtdan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangani Olmazor tumani IIB FMB boşliği örinbosari A.Itolmasovning 2025 yil 29 mart kuni Olmazor tuman prokurori Ahror Axunovga yuborilgan xatida ham keltirilgan. Bu yolğonga prokuror Ahror Axunov ham, tuman prokuraturasidagi xodimlar ham işongan bölsa kerak, xato ma’lumotni advokatga javob xati sifatida berib qutilişgan.

Bu bir inson taqdiriga qay darajada beparvolik bilan munosabatda bölinayotgani belgisi bölsa ajab emas.

Tergovçining bahonasi: “Sud ruxsat bermadi” 

Kun.uz holatga oydinlik kiritiş maqsadida Olmazor tuman prokuraturasida böldi. Tuman prokurori örinbosari bu holatni “tergov köp bora töxtatib turilgani, sababi Angren şahridagi “delo” böyiça işni körayotgan apellyatsiya sudi tergov harakatlari olib boriş uçun ruxsat bermagani, şu sabab mahbusni tergovga olib keliş imkoni bölmagani” bilan izohladi.

Ammo e’tiborli jihati şundaki, “sud ruxsat bermagani uçun tergov qila olmadik” degan paytda Olmazor IIB tergovçisi Nozima Davronovaga nisbatan tergov harakatlarini davom ettirgan. Jinoyat işi materiallarining Kun.uz muxbiri guvohi bölgan sahifalaridan birida 2025 yil 15 yanvar kuni (hukm çiqqanidan 22 kun ötib) Nozima Davronova Olmazor tuman IIB tergov bölimi tergovçisining xizmat xonasida söroq qilingan va bu haqida bayonnoma rasmiylaştirilganini köriş mumkin.  

“Ruxsat söraşga hojat yöq edi”

Kun.uz vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida Toşkent viloyat sudi bilan boğlandi. Viloyat sudi raisi örinbosari – jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati raisi Umid Rasulberdiyevning izohlaşiça, apellyatsiyada hukmning Nozima Davronovaga oid qismi muhokama qilinmagan. Şu sababli Nozima Davronova 2024 yil 26 dekabrdan boşlab unga nisbatan qöllangan ikkinçi sanksiyaga doirasida Olmazor tumani IIB ixtiyoriga ötgan. “Mahbusni tergovga jalb etiş tartib-qoidalari qonunlarda aniq tiniq belgilab qöyilgan, tergovçi vakolatlari doirasida protsessual harakatlarni amalga oşirişi kerak edi, Davronova bilan tergov harakatlari olib borilişi uçun bizdan ruxsat söraşga hojat ham bölmagan” deya fikrlarini yakunladi Umid Rasulberdiyev. 

“Poçtalon” Ombudsman

Nozima Davronovaning qamoqda asossiz uşlab turilgani haqida Boş prokuratura, Içki işlar vazirligi va ombudsmanga murojaatlar jönatilgan.

Asosiy vazifalaridan biri uşlab turilgan, qamoqqa olingan va ozodlikdan mahrum etilganlarning murojaatlarini körib çiqiş bölgan Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili - ombudsman öziga jönatilgan murojaatni hatto öqib körmagan bölişi mumkin. Çunki murojaat ayolning asossiz uşlab turilgani haqida bölsa-da “tergov jarayonidan norozi bölib yozgan murojaati” deya uni Boş prokuraturaga koptok qilib “tepib yuborgan”.

“Ajrimni mendan söramang”

IIV huzuridagi JIEDga qaraşli markaziy tergov hibsxona boşliği Eşqobil Dusanov advokatning Nozima Davronova qamoqda asossiz uşlab turilgani haqidagi murojaatiga qisqa va lönda qilib şunaqa mazmunda javob bergan:

“Markaziy tergov hibsxonasida saqlanişiga asos bölgan ajrim nusxasini oliş masalasida N.Davronovaga oid jinoyat işini yuritayotgan tergov yoki sud organiga murojaat qilişingiz tavsiya etiladi”.  

“Jinoyat işini yuritiş çoğida qamoqda saqlaş töğrisida”gi qonunning 53-moddasiga köra, suriştiruvçi, tergovçi, prokuror qarori yoki sud qarori, şuningdek, uşlab turiş yoki qamoqda saqlaşning Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan muddati tugaşi uşlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni qamoqdan ozod qilişga asos böladi.

Mazkur qonunning 54-moddasiga muvofiq, qamoqda saqlaş joyining boşliği uşlab turiş muddati tugaşidan 12 soat oldin va qamoqda saqlaş muddati tugaşidan 7 sutka oldin bu haqda jinoyat işini yuritayotgan mansabdor şaxsni yoki organni, şuningdek, prokurorni yozma şaklda xabardor qilişi şart. Agar uşlab turiş yoki qamoqda saqlaşning Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan muddatlari tugaganidan keyin uşlab turilganni yoki qamoqqa olinganni ozod qiliş, uşlab turiş muddatini uzaytiriş, uşlab turilganga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş yoxud qamoqda saqlaş muddatini uzaytiriş töğrisida suriştiruvçi, tergovçi, prokurorning qarori yoxud sudning qarori kelib tuşmagan bölsa, qamoqda saqlaş joylarida qonunlar ijrosi ustidan nazorat qiluvçi prokuror yoxud qamoqda saqlaş joyining boşliği uşlab turilganni yoki qamoqqa olinganni öz qarori bilan darhol ozod qiladi.

Nozima Davronovani qamoqda saqlab turiş muddati kunlar emas, oylar ötib ketgan. Biroq markaziy tergov hibsxona boşliği Eşqobil Dusanov na qamoqda saqlaş muddati tugaşidan 7 sutka oldin bu haqda tegişli organni yozma şaklda xabardor etgan, na biror asos kelib tuşmagani ortidan uni öz qarori bilan ozod qilgan. 

Kimdir nazoratga oladimi? 

Nozima Davronovaning qonunlar emas, tergovçi, prokuror yoki uning örinbosarining “içki tuyğulari” asosida 80 kundan buyon qamoqda saqlab turilişi kiçik masala emas. Bu keys ortida insonning erki, şaxsiy hayoti daxlsizligi turibdi. Şu sababli bunga yöl qöygan mas’ullarning harakati yoki harakatsizligiga huquqiy baho berilişi zarur. Yöqsa bu boşqa insonlar taqdirida ham takrorlanişi mumkin.

Ruslan Saburov,
Kun.uz