Eron siyosiy elitasi islom inqilobidan keyingi davrdagi eng murakkab pallada turibdi. Xöş, içki noroziliklar va iqtisodiy inqiroz ustiga kelgan taşqi harbiy tajovuz rejimga ekzistensial tahdid yaratyapti, deyiş mumkinmi? Nafaqat eronliklar, butun mintaqa uçun dolzarb savol atrofida Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturi ekspertlari söz yuritdi.
Şavkat Ikromov: Isroil tomoni Eron bilan uruşni qança kerak bölsa şunça davom ettirişi haqida bayonot beryapti. AQŞdagilar esa uruş maksimum 14 kun davom etişi mumkinligini aytyapti. Çunki bir narsani hisobga oliş kerak: Isroil harbiy jihatdan katta qudratga ega, lekin uning resurslari ham çeklangan. AQŞning bu uruşdagi iştiroki qay darajada bölişi savol ostida turibdi.
Eron Islom Respublikasi hukumati hozirgi kunda öz tarixidagi eng zaif kunlarini boşidan keçiryapti deb bemalol ayta olamiz. Çunki Eron rejimining asosiy tayançi bölgan harbiy generallar, inqilob qöriqçilari korpusi yetakçilari Isroil tomonidan oxirgi uç-tört yil davomida bir neça bor yöq qilindi. Va bu galgi hujumlarda Netanyahu eronliklarga provokatsion murojaat bilan çiqdi: “Sizning hukumatingiz hozir har doimgidan ham zaifroq, köçaga çiqing va öz ovozingizni eşittiring”.
Afsuski bu töğri, sönggi uç-tört yil davomida doimiy ravişda iqtisodiy va ijtimoiy muammolar Eronda juda çuqur ildiz otgan. Pizişkiyon hokimiyatga kelganidan keyin qandaydir liberal islohotlar qilinadi deb kutilgandi, lekin hozirça real özgarişlar bölmadi.
1979-yildan beri yaşab kelayotgan rejim qulaşi qaysidir avlodlar uçun mutlaqo sodir bölmaydigandek körinadi. Lekin taşqaridan qaraganimizda, bu rejim hozir judayam bir zaif holatda va har qanday kutilmalarni biz kutişimiz mumkin.
Kamoliddin Rabbimov: Erondagi siyosiy rejimni yiqitiş mumkin bölgan yagona kuç bu – Eron xalqining mutlaq aksariyati. Eron – katta davlat, aholisi 85 million. Inqilob bölgan paytda, 1979 yilda 35 million edi. 35 milliondan 10 millionga yaqini köçalarga çiqib podşohni ağdargan edi.
Hozir Eron xalqi uçun yomon va juda yomon rejimlar kuraşyapti. Bir tomondan – siyosiy rejim. Uning legitimligi pastroq. Ikkinçi tomondan, Eron aholisining mutlaq aksariyati Isroilni qabul qila olmaydi. Va şuning uçun mening nazarimda Eron siyosiy rejimi aynan Isroil bilan kuraşayotgan paytda xalq köçaga çiqib rejimni yiqitişi ehtimoli juda kam.
Netanyahu Eron xalqini köçaga çiqib hukumatni yiqitişga çaqiryapti, lekin eronliklar oliy rahbariyatdan Isroilga qasos zarbalar berişini sörayapti. Odatda taşqi duşman xalq va davlatni konsolidatsiya qiladi.









