Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yiğilişida vazirlik va hokimliklar işidagi muammolar tahlil qilindi.
Har bir tumandagi 40 dan ziyod taşkilotda örtaça 500 nafar xodim işlaydi. Ularning viloyatda idorasi ham, boşliği ham bor.
Ayrim tuman taşkilotlari oddiy-oddiy masalalarni hal qiliş uçun viloyatdan, ular esa respublikadan ruxsat olişi kerak.
Masalan, Qumqörğon markazidagi temiryölda har kuni 20 marta yopiladigan «şlagbaum» 200 metr nariga köçirilsa, 8 ming avtomobil uçun tirbandlik yöqoladi. Lekin, bunga na tuman, na viloyat hokimining vakolati bor. «Özbekiston temiryöllari»dan ruxsat oliş kerak.
Yoki, «Termiz-Sariosiyo» temiryölining yarmi elektrlaşmagani uçun elektrovoz 1,5 soat sarflaydigan manzilga teplovozlar 3 soatda boryapti. Şu bois, köpçilik avtomobilda harakatlanmoqda.
Tuman hokimlari va aholi takliflarini eşitib, bu yönalişni oxirigaça elektrga ötkazsa, 10 ta tumanni Termiz bilan xavfsiz boğlaş mumkin, lekin transport vaziri Ilhom Mahkamov va «Özbekiston temiryöllari» raisi Zufar Narzullayev bunga loqaydligi körsatib ötildi.








