Isroil hududlari qatorasiga uç kun öqqa tutilişi oqibatida halok bölganlar soni 20 dan oşgan. Tehronda ham turli obektlar, jumladan turar joy binolariga zarba berilmoqda. Eron naşrlari isroilliklarning zarbalari qurbonlari soni kamida 128 nafarni taşkil etayotgani töğrisida xabar bergan.

Tehron aholisi nima qilişini bilmayapti.

«Örtada qolib ketdik» – BBC Fors xizmati jurnalistlari bilan gaplaşgan odamlarning aksariyati bugungi kundagi Eron hayotini şunday tasvirlaydi.

Ayollardan biri ikki kundan buyon uyqu bilmayotganini aytgan: «Men juda oğir damlarni boşdan keçirdim».

Uning sözlariga köra, hozirgi vaziyat unga 1980-yillarda Eron-Iroq uruşi tufayli bombapanagohlarda ötkazilgan kunlar va şaharlar bombalanişini eslatadi. Öşanda u bola bölgan: «Farqi şuki, öşa vaqtda hujum boşlanganida biz sirenalarni eşitardik yoki heç bölmaganda ogohlantiriş bölardi. Hozir esa bombalaş yoki havo zarbalari çoğida sirenalar ham, ogohlantirişlar ham yöq... Aftidan, ular [amaldorlar] endi bizning hayotimiz haqida qayğurmayapti».

Uruşdan keyin tuğilgan yoşlar bu qandayligini bilmaydi, deydi BBC Fors xizmati vakili Ğunça Habibiozod.

Tehronda benzinga navbat
ABEDIN TAHERKENAREH/EPA-EFE/Shutterstock

Tehronda yaşovçi yana bir kişi şunday deydi: «Men yoqilği quyiş uçun uyimdan ança uzoqqa borişimga töğri keldi, çunki hamma yoqda ulkan navbatlar yuzaga kelgan».

Şahar aholisining bir qismi esa allaqaçon «mulozimlar yaşovçi joylardan nari ketişni boşlagan».

Internet işlaşi barqaror emas, şu tufayli mamlakat içkarisidagi odamlar bilan aloqa örnatiş juda qiyin bölmoqda, deydi naşr muxbiri.

Mamlakat taşqarisida yaşovçi eronliklar öz yaqinlariga xabar yuborib, javob kelişini hadik bilan kutişmoqda.

Tehronda yaşovçi ayol zarbalar ostida qolmaslik uçun vaqtinça şaharni tark etiş haqida öylayotganini aytadi.

«Biz hammamiz kiçik şahar yoki qişloqlarga, xohlagan joyga ketişni xohlaymiz, lekin har birimizning keta olmaydigan yaqinlarimiz bor va biz ular haqida qayğuramiz. Biz boşdan keçirayotgan voqealar barçamizga, Eron aholisiga nisbatan adolatsizlikdir», – deydi u.