Eron oliy rahbari Ali Xominaiy agar AQŞ yoki Isroil özini öldirsa, örniga tayinlanadigan uç nafar nomzodni tanladi, deb yozdi The New York Times Erondagi manbasiga tayanib.

Qayd etilişiça, oliy rahbarni tayinlaş uçun mas’ul bölgan Ekspertlar assambleyasiga vorisni tezkor tanlaş böyiça körsatma berilgan.

Naşrning yozişiça, Eronda yangi oliy rahbarni tayinlaş jarayoni odatda bir neça oy davom etişi mumkin. Ammo hozir mamlakatda uruş davom etar ekan, rasmiylarning aytişiça, Xominaiy hokimiyatni tezkor va tartibli topşirilişini ta’minlamoqçi.

Qayd qilinişiça, Xominaiyning öğli, ulamo va Islom inqilobi qöriqçilari korpusiga yaqin bölgan Möjtaba röyxatda yöq, vaholanki aynan uning otasi örniga asosiy da’vogar ekani haqida miş-mişlar tarqalgan edi. Şu bilan birga, Xominaiy harbiy qömondonlar öldirilgan taqdirda ularning örniga bir qança nomzodlarni tanlagan.

Şu bilan birga, maqolada qayd etilişiça, Eron dastlabki zarbadan keyingi şok holatidan çiqib olgan va Isroilga kundalik qarşi hujumlar uyuştiriş uçun safarbarlikni tiklagan.

Islohotçi siyosatçi va Eron sobiq vitse-prezidenti Muhammad Ali Abtahiy sözlariga köra, Isroil Eron jamiyatining uruşga munosabatini töğri hisoblay olmagan. Odatda bir-biriga qarama-qarşi bölgan siyosiy guruhlar oliy rahbar atrofida töplanib, mamlakatni taşqi tahdidlardan himoya qilişga bel boğlagan.

NYT manbalarining aytişiça, Eron rahbariyatini hozir uçta asosiy masala taşvişga solmoqda: Xominaiyga ehtimoliy suiqasd, AQŞning uruşga qöşilişi va muhim infratuzilmaga misli körilmagan vayronkor hujumlar.

Eronda ölim qörquvi şu qadar kuçliki, dedi rasmiylar, razvedka xizmati amaldorlar va harbiy qömondonlarga mobil telefon va boşqa elektron aloqa vositalaridan foydalanişni taqiqlagan. Ularga yer ostida qoliş buyurilgan.