Özbekistonda 6 iyundan e’tiboran jismoniy şaxslar öz nomiga kredit rasmiylaştirilişini taqiqlaş imkoniyatiga ega böldi. Bu haqda “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi xabar bermoqda.
Bu xizmat bepul bölib, undan hozirda kredit byurosining rasmiy sayti orqali foydalaniş mumkin.
Taqiqni faollaştiriş orqali, fuqarolar özlari bexabar bölgan holda ularning nomiga kredit bitimi rasmiylaştirilişining oldini olgan böladi.
Bu boradagi qonun şu yil mart oyida imzolangan edi. Qonunga köra, jismoniy şaxslarga öz nomiga kredit rasmiylaştirişni taqiqlaş uçun yozma yoki elektron şaklda YaIDXP, davlat xizmatlari markazlari yoki kredit byurolariga murojaat qilişlari mumkin.
Taqiq kiritiş ham, taqiqni yeçiş ham bepul amalga oşiriladi.
Davlat xizmatlari tizimida hozirça bu imkoniyat joriy etilmagan.
Eslatib ötamiz, 2024 yil 20 iyundan boşlab, fuqarolar özlarining kredit tarixi olinişiga çeklov örnatiş imkoniyatiga ega bölgandi.











