«Hozirgi yangi xavfli şaroitda, dunyo tartibi haqiqatda tahdid ostida bölgan bir paytda, bizning Rossiya bilan maslahatlaşuvlarimiz, albatta, katta ahamiyatga ega bölişi mumkin», dedi vazir Eron davlat teleradiokompaniyasi efirida.

Uning sözlariga köra, Tehron va Moskva «bir-biri bilan pozitsiyalarni muvofiqlaştirişga harakat qilmoqda», mamlakatlar «umumiy taşvişlar va umumiy raqiblarga ega».

Eron taşqi işlar vaziri, şuningdek, AQŞning Eron yadroviy inşootlariga hujumlarini qoralagani uçun Moskvaga minnatdorçilik bildirdi. «Amerikaning hujumi bu tajovuzdir, uni sözsiz qoralaş kerak», dedi u.

Abbos Arağçi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin örtasidagi uçraşuv 23 iyun, duşanba kuni bölib ötişi rejalaştirilgan, unda, vazirning sözlariga köra, «umumiy [Rossiya va Eronga] tahdidlarga qarşi qanday kuraşiş» masalasi muhokama qilinadi.

Moskvaga safari oldidan Abbos Arağçi AQŞ Eron yadroviy inşootlarini öqqa tutiş bilan qizil çiziqni kesib ötganini aytdi. Unga köra, Donald Tramp nafaqat Eronga xiyonat qilgan, balki amerikaliklarni ham aldagan.