Rossiya Tergov qömitasi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida yuz bergan teraktga oid jinoyat işi böyiça tergovni yakunladi, deb xabar beradi idora matbuot xizmati. Iş sudga taqdim etiliş uçun prokuraturaga yönaltirilgan.

Tergov versiyasiga köra, terakt Rossiyadagi «siyosiy vaziyatni berqarorlaştiriş maqsadida Ukraina rahbariyati tomonidan rejalaştirilgan va ularning manfaatlari yölida sodir etilgan».

Ta’kidlanişiça, ayblanuvçilarning bir qismi Doğistondagi köngiloçar majmuada ham portlaş uyuştirişni rejalaştirgan, ammo jinoyatning oldi olingan. Idora versiyasida keltirilişiça, Moskva viloyatidagi teraktda ayblanayotganlar uçun qurollar Kaspiysk şahri orqali yetkazilgan.

Tergov qömitasining hisoblaşiça, «Krokus»dagi teraktga tayyorgarlik bir neça oy davom etgan, işga aloqador şaxslarning bir qismi Rossiyaga xorijdan kelgan.

Iş böyiça jami 19 kişi ayblanmoqda. «Ikki nafar taşkilotçi va terrorçilik taşkilotining tört nafar iştirokçisiga nisbatan dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda», - deyiladi qömita xabarida.

Eslatib ötamiz, 2024 yil 22 mart kuni Moskva viloyatining Krasnogorsk şahridagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir etilgan teraktda 146 kişi halok bölgan, 550 nafardan ortiği jarohatlangan edi. Tört nafar qurollangan şaxs konsert zaliga bostirib kirib, tomoşabinlarga qarata öq uzgan va binoga öt qöygandi. Oqibatda «Krokus» binosi butunlay yonib ketgan.