Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumani hokimining sobiq örinbosari jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Sud hukmida keltirilişiça, 1986 yilda tuğilgan Şerdil Ergaşev 2021 yil mart oyidan 2024 yil 21 sentabrga qadar Dehqonobod tumani hokimining quriliş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik, ekologiya va kökalamlaştiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlab kelgan. U “Global Commerce” MÇJ tomonidan amalga oşirilgan Qaraşina şaharçasini obodonlaştiriş obektini foydalanişga qabul qiliş dalolatnomasiga imzo qöyiş uçun MÇJ rahbaridan pora talab qilgan.
Sobiq “zamhokim” 2024 yil 21 sentabr kuni Dehqonobod tumani hokimligining ma’muriy binosi yonida “Global Commerce” MÇJ haydovçisidan 5 ming dollar olganda tezkor tadbirda uşlangan.
Jinoyat işlari böyiça Nişon tuman sudining 2025 yil 10 fevraldagi hukmi bilan Şerdil Ergaşev pora oliş jinoyatini sodir qilişda aybli deb topilgan. Unga 2 yil davlat iştirokidagi taşkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan boğliq lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Iş Qaşqadaryo viloyati sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida körib çiqilgan. Apellyatsiya sudida Şerdil Ergaşev birinçi instansiya sudida bergan körsatuvlarini tasdiqlamasligini bildirgan. U 5 ming dollar pulni pora emas, qarz sifatida olganini aytgan.
Apellyatsiya instansiya sudining 2025 yil 11 iyundagi ajrimi bilan birinçi instansiya sudi hukmi özgarişsiz qoldirilgan.
Oldinroq Qöşköpir tumani hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça sobiq örinbosari Bekzod Davlatov 8 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.











