Buyuk Britaniya AQŞdan taktik termoyadroviy aviabombalarni taşişga qodir 12 ta F-35A qiruvçi samolyotlarini sotib oladi. Bu haqda Britaniya hukumati ma’lum qildi.

«Radikal noaniqlik davrida biz endi dunyoni borliq sifatida qabul qila olmaymiz, aynan şu sababli mening hukumatim milliy xavfsizlikka sarmoya kiritmoqda», — deydi boş vazir Kir Starmer. London bu turdagi qiruvçilardan jami 138 ta xarid qilişni rejalaştirmoqda. Şu orqali Buyuk Britnaiyada sovuq uruş tugaganidan beri birinçi marta yadroviy qurolni havoda taşuvçi vositaga ega böladi.

Hozirda Britaniyaning yadroviy jangovar kallaklari faqat Vanguard turidagi törtta suvosti kemasiga joylaştirilgan. Norfolkdagi Marhem bazasiga joylaştiriş rejalaştirilgan F-35A samolyotlari oddiy öq-dorilarni ham, Amerikaning B61-12 aviabombasini ham uçira oladi. B61-12 aviabombasining quvvatini boşqariş mumkin — 0,3 dan 50 kilotonnagaça. Qiruvçilarning özi uzoq masofaga uçişga qodir va stels-texnologiyasiga ega. Harbiylarning ta’kidlaşiça, bu «yadroviy bombani yuqori aniqlikda taşlaş jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi». Şu bilan birga, Amerika qiruvçilari ham yadroviy, ham oddiy qurol sifatida foydalaniş mumkinligi sababli NATOning ikki maqsadli samolyotlar dasturiga kiritiladi. Buroq yadroviy jangovar kallaklar AQŞ nazorati ostida böladi.

Ötgan yili Vaşington va London Rossiya tomonidan oşib borayotgan tahdidlar sabab Buyuk Britaniya hududiga Amerikaning yadroviy qurollarini qaytarişga kelişib olgandi. Jangovar kallaklar Saffolk grafligidagi Leykenxit bazasiga joylaştirilişi kutilayotgan edi. Ularning quvvati 1945 yilda Hirosimaga taşlangan bombalarnikidan uç barobar katta böladi.