27–28-iyul kunlari bölib ötgan JSTning Özbekistonning aʼzoligi böyiça Işçi guruhi yiğilişida mamlakat delegatsiyasi Jahon savdo taşkilotiga qöşiliş jarayonini 2026-yil davomida yakunlaş rejasi öz kuçida qolişini maʼlum qildi.
Özbekiston prezidentining JST masalalari böyiça vakili va boş muzokaraçi Azizbek Urunovning taʼkidlaşiça, aʼzolik jarayoni oxirgi yiğilişdan buyon yanada ilgarilagan. Uning qayd etişiça, aʼzo davlatlar tomonidan berilayotgan savollar soni kamayib bormoqda, bu esa Özbekiston ularning asosiy eʼtiroz va takliflarini bosqiçma-bosqiç hal etayotganini körsatadi.
Maʼlum qilinişiça, mart oyidan buyon Özbekiston JST qoidalariga muvofiqlaştiriş maqsadida 190 ta normativ-huquqiy hujjatni qabul qildi. Jumladan, sanitariya va fitosanitariya talablari, oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi qonunçilik takomillaştirildi hamda yagona Oziq-ovqat xavfsizligi qömitasi taşkil etildi. Şuningdek, dempingga qarşi, kompensatsiya va himoya çoralariga oid qonun loyihalari yangilandi.
JST Işçi guruhi raisi Son Gyo Çoyning maʼlum qilişiça, hozirga qadar Özbekiston 31 ta ikki tomonlama bozorga kiriş kelişuvini imzolagan. Ulardan eng sönggisi Hindiston bilan tuzilgan bölib, mazkur yönalişdagi muzokaralar deyarli yakuniy bosqiçga yetgan.
Yiğilişda JSTga aʼzo davlatlar Özbekistonda davlat korxonalarini xususiylaştiriş, biznes muhitining şaffofligini oşiriş va iqtisodiy islohotlarni yuqori baholadi. Şu bilan birga, valyuta siyosati, importni tartibga soliş, investitsiyalar, raqobat siyosati, texnik reglamentlar va qişloq xöjaligini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş kabi yönalişlarda qöşimça islohotlarni davom ettiriş tavsiya etildi.
JST rahbariyati ham Özbekiston va aʼzo davlatlarning muzokaralarni jadal surʼatlarda davom ettirayotganini yuqori baholab, qolgan masalalar öz vaqtida hal etilsa, mamlakatning taşkilotga aʼzo bölişiga erişiş mumkinligini taʼkidladi.
Bu Özbekistonning JSTga aʼzoligi böyiça Işçi guruhining 13-yiğilişi böldi. Mamlakat JSTga aʼzo böliş uçun 1994-yilda ariza bergan bölsa, aʼzolik şartlari böyiça faol muzokaralar 2020-yildan buyon olib borilmoqda.

















