Fitch xalqaro reyting agentligi Özbekiston kredit reytingini «BB-» dan «BB» darajasiga oşirdi.

Agentlik öz qarorini islohotlar jadalligi va örta muddatli istiqbolda iqtisodiy ösiş barqarorligi tufayli makroiqtisodiy xavflarning jilovlanişi va tarkibiy körsatkiçlarining doimiy yaxşilaniş kutilmalari bilan izohlagan.

Asosiy islohotlar sifatida Fitch quyidagilarni ajratib körsatadi:

  • pul-kredit siyosatiga işonçni oşiriş va uning transmission mexanizmini yaxşilaş çora-tadbirlari;
  • xususiylaştiriş rejalarini ilgari suriş;
  • davlat institutlarining şaffofligini oşiriş.

2024 yilda energiya tariflarini erkinlaştiriş va subsidiyalarni qisqartiriş kutilganidan yaxşiroq fiskal natijalarga erişişga yordam bergan. Agentlikning qayd etişiça, uşbu siyosat budjetning barqarorligini ta’minlaşda muhim ahamiyat kasb etdi. Jumladan, davlat budjeti defitsiti YaIMning 3 foiz darajasida bölib, rejalaştirilgan 4 foizdan kamroq şakllangan.

Şuningdek, davlat qarzining past darajasi, salmoqli taşqi va fiskal zaxiralar, iqtisodiy ösişning yuqori salohiyati mamlakatning kuçli tomonlari sifatida e’tirof etilgan.

Öz navbatida, reytingning pasayişi xomaşyo narxlarining doimiy arzonlaşuvi sababli taşqi savdo taqçilligining oşişi yoki pul ötkazmalarining kamayişi, xalqaro zaxiralarning sezilarli darajada qisqarişi, past iqtisodiy ösiş, budjet taqçilligining oşişi, valuta kursining keskin qadrsizlanişi yoki davlat şartli majburiyatlarining hukumat tomonidan qoplanişi tufayli davlat qarzining keskin oşişi holatlarida yuz berişi mumkin.

Avvalroq, S&P va Moody’s agentliklari Özbekiston kredit reytingini özgarişsiz qoldirgan, biroq prognozni «barqaror»dan «ijobiy»ga özgartirgandi.