Rossiya qöşinlari Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Şevçenko qişloği ustidan nazorat örnatdi, u yerda mamlakatdagi eng istiqbolli litiy konlaridan biri joylaşgan. Bu haqda Fransiyaning Le Figaro naşri xabar berdi.

Şevçenko qişloği Dnepropetrovsk viloyati bilan çegaradan atigi uç kilometr uzoqlikda, yanvar oyida rus qöşinlari nazoratiga ötgan Velika Novosyolka şahridan unça uzoq bölmagan yerda joylaşgan. Naşr ta’kidlaganidek, kon 1982 yilda topilgan va 40 gektarga yaqin maydonni egallaydi. Qişloqning şarqiy çekkasida joylaşgani uçun bir neça kundan beri u rus harbiylari nazoratida.

Ukraina geologlarining fikriga köra, Şevçenko rudasida litiy olinadigan spodumen mineralining miqdori 90 foizga yetadi. Bu uni Ukrainadagi litiy oson olinadigan yagona kon qiladi. Bu hududda litiydan taşqari tantal, niobiy, berilliy, rubidiy va seziy kabi nodir metallar ham mavjud.

Ukraina olimlarining 2022 yilgi bosqindan oldin e’lon qilingan hisob-kitoblariga köra, Ukrainada 500 ming tonnagaça litiy zaxiralari mavjud - bu Yevropadagi eng yirik konlarga ega Portugaliyadan köproq.

Ukrainaning törtta litiy konidan ikkitasi mamlakatning ğarbiy qismida joylaşgan va Kiyev nazorati ostida qolmoqda, ammo qolgan ikkitasi - Azov dengizi yaqinidagi Şevçenko va Krutaya Balka hozir Rossiya tomonidan nazorat qilinadi.

Litiy elektromobillar va boşqa qurilmalar uçun akkumulyatorlar işlab çiqarişda asosiy element sifatida işlatiladi va uning global narxi sönggi yillarda keskin ösdi.

Iqtisodiy nuqtai nazardan, Le Figaro yozganidek, Ukrainada litiy qazib oliş qiyin vazifa bölib qolmoqda: qattiq toş konlari, masalan, Lotin Amerikasidagi tuzli köllardan farq qilgan holda litiy qazib oliş uçun köproq sarmoya talab qiladi.