Isroil qiruvçi samolyotlari Livan janubidagi Nabatiya şahri atrofiga zarbalar berdi. Bu haqda mamlakat Mudofaa armiyasi (TsAXAL) ma’lum qildi.

Livan Milliy yangiliklar agentligining xabar berişiça, Isroil aviatsiyasi Ali at-Tahir örmonli hududi, Kafartabnit tepaliklari va Yuqori Nabatiya tumaniga bir qator kuçli aviazarbalar bergan. Ta’kidlanişiça, kuçli portlaşlar keltirib çiqaradigan vakuum raketalardan foydalanilgan.

Birinçi hujumdan taxminan 10 daqiqa ötib, Isroil samolyotlari xuddi şu manzillarga yana zarbalarni amalga oşirgan. Qurbonlar va yetkazilgan zarar töğrisida hozirça ma’lumot yöq.

Isroil armiyasi bayonotida ta’kidlanişiça, Bufur tepaliklarida «Hizbulloh» öt oçiş va mudofaani boşqarişda foydalanib kelgan infratuzilma yakson qilingan. Ma’lumotlarga köra, obekt yirik yerosti loyihasi tarkibiga kirgan va butunlay işdan çiqarilgan.

Bayonotda qayd etilişiça, TSAHAL «Hizbulloh»ning uşbu hududda terrorçilik infratuzilmasini tiklaş yölidagi urinişini aniqlagan va oldindan zarba bergan.

Isroil armiyasi mazkur obektning mavjud bölişi va uni tiklaşga uriniş Isoril va Livan örtasida erişilgan kelişuvni buziş hisoblanişini bildirgan.