Toşkentda voyaga yetmagan aka 3 yoşli ukasini şöxligi uçun sotuvga qöydi. Tirbandliklarni prognoz qiladigan markaz iş boşladi. Poytaxt köçalarida yana bir avtobus yonib ketdi. Beş gektar yerni 200 ming dollarga sotmoqçi bölgan şaxs uşlandi. Kun davomida Kun.uz yoritgan şu va boşqa muhim mahalliy yangiliklar bilan taniştiramiz.
Kun.uz jurnalisti «Oltin qalam» mukofoti bilan taqdirlandi
Bugun, 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan «Özbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida «Oltin qalam» milliy mukofoti uçun XIX xalqaro tanlovi ğoliblarini tantanali taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Marosimda, Kun.uz’ning suriştiruvçi jurnalisti Ruslan Saburov XIX «Oltin qalam» milliy mukofotining internet-naşrlar yönalişida 3-örin bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uçun, «Oltin qalam» XIX Milliy mukofoti uçun xalqaro tanlovi 5 ta asosiy nominatsiya — televideniye, radio, bosma naşrlar, internet naşrlari hamda «Çet ellik jurnalistning Özbekiston haqidagi eng yaxşi materiali uçun» yönalişlari böyiça ötkazildi. Şuningdek, tanlovda qator rağbatlantiruvçi nominatsiyalar böyiça ham mukofotlar öz egalariga topşirildi.
Aka 3 yoşli ukasini şöxligi uçun onlayn sotuvga qöydi
Olxʼda 3 yoşli bola sotuvga qöyilgani tarmoqlarda muhokamaga sabab böldi. Ötkazilgan tezkor-qidiruv çoralari natijasida onlayn-savdo platformasiga mazkur e’lon qay manzil va qaysi akkauntdan joylaştirilgani aniqlandi.
Toşkent şahar Uçtepa tumanida ota-onasi qaramoğida yaşovçi 13 yoşli bola 2022 yilda tuğilgan ukasini şöxligi uçun göyoki ta’zirini beriş maqsadida onlayn platformaga sotuv haqida e’lon joylaştirgan. U sotuv narxini 150 ming söm deb körsatgan.
Bolalar ombudsmani uşbu harakat «şunçaki bolalarça öylovsiz tarzda» qilinganini ta’kidladi.
Hozirda holat yuzasidan Uçtepa tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tirbandliklarni prognoz qiladigan markaz iş boşladi
Toşkent şahri köçalarida tirbandliklarni barvaqt prognoz qilişga qaratilgan kompyuterlaştirilgan vaziyatlar markazi iş boşladi.
Qayd etilişiça, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda markazga tatbiq etilgan intellektual transport platformasi avtotransport oqimini kuzatiş, tahlil qiliş va intellektual boşqarişga imkoniyat yaratib beradi.
Natijada şaharda tirbandlik 50 foizgaça kamayişiga, avtomobil yölovçilarining vaqtini tejaş, yöllardagi baxtsiz hodisalar soni kamayişi, favqulodda xizmatlar harakatini tezlaştiriş hamda qaror qabul qilişda aniq statistika orqali samaradorlikni oşirişga xizmat qiladi.
Toşkentda yana bir avtobusda yonğin çiqdi
84-sonli yönalişda xizmat körsatadigan avtobusda harakat vaqtida yonğin çiqdi. Holat Çoştepa metro bekati yaqinida sodir böldi.
Kun.uz’ga yuborilgan murojaatda Toşkent şahrida yaroqsizga çiqarigan avtobuslar ta’mirlanib, ayni şu yönalişga çiqarilgani ta’kidlangan.
Murojaatçi yönalişdagi avtobuslar kamçiliklari haqida “tashbus.uz” saytida bir neça yozib qoldirgani, biroq javob berilmganini qayd etgan.
Ta’kidlaş joiz, Toşkentda avtobuslarning yonib ketişi yangilik emas. Xususan, 2024 yilning 26 fevralida 174-sonli hamda 33-sonli yönalişda harakatlanadigan Mercedes-Benz avtobuslari yonib ketgandi.
Soliq ma’muriyatçiligi takomillaştiriladi
Qonun hujjatlariga kiritilgan qöşimçalarga köra, soliq munosabatlarida foydalaniladigan elektron hujjatlarni şaxsning roziligini ifodalaydigan va uni identifikatsiya qiliş imkonini beradigan elektron tasdiqlaş usullari orqali tasdiqlaş elektron raqamli imzoga tenglaştirildi.
Şuningdek, qişloq xöjaligida, şu jumladan baliqçilik xöjaliklarida suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq hisobotlari Suv hisobi axborot tizimi va uşbu sohadagi vakolatli organlarning ma’lumotlari asosida avtomatik tarzda şakllantiriladi.
Kiritilgan özgartirişlarga muvofiq, ortiqça undirilgan soliq summasini soliq tölovçining boşqa soliqlar böyiça kelgusi tölovlari hisobidan hisobga oliş tartibi yanada soddalaştirildi.
Unga köra, boşqa soliqlar böyiça kelgusi tölovlar uçun hisobga oliş soliq tölovçining yozma yoki elektron arizasiga köra soliq organlari tomonidan 3 kun içida amalga oşirilişi belgilandi.
Beş gektar yerni 200 ming dollarga sotmoqçi bölgan şaxs uşlandi
Toşkent viloyatida istiqomat qiluvçi fuqaro Içki işlar boş boşqarmasi Yer resurslari talon-toroj qilinişiga qarşi kuraşiş bölinmasiga murojaat qildi.
Uning murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazildi.
Aniqlanişiça, B.S. ismli şaxs Yuqori Çirçiq tumani Miyam-Kangli mahallasida joylaşgan hokimiyat zaxirasidagi 5 gektar yer maydonini 200 ming AQŞ dollari evaziga özining yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali tuman hokimining tegişli qarorini çiqartirib, uning nomiga kadastr hujjatlarini rasmiylaştirib berişini va’da qilgan. U kelişilgan puldan 50 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borişga kirişilgan.








