Isroil mudofaa vaziri Israel Kats Eronga qarşi 12 kun davom etgan «Arslondek xalq» operatsiyasi yakunlanganini ma’lum qildi va armiyaga Eron havo hududini nazorat qiliş rejasini tayyorlaşni topşirdi. Uning sözlariga köra, operatsiya «Isroil tarixida va jahon uruşlari yilnomasida şonli sahifa» yozgan.
Kats sözlariga köra, Isroil Tehron osmonini Isroil harbiy-havo kuçlari uçun oçib, Eron havo mudofaa tizimlarini yöq qilgan, Amerika ittifoqçilari yordamida Eron yadro dasturini izdan çiqargan va Eron harbiy rahbariyati hamda yadroviy dastur böyiça yetakçi olimlarini yöq qilgan. Vazirning da’vo qilişiça, Xominaiy Isroilni yöq qiliş dasturini ön yillar davomida şakllantirib kelgan, Isroil bu dasturga barham bergan.
Kats Isroil armiyasiga Eronni jilovlaş rejasini tayyorlaş, jumladan, Isroilning Eron havo hududidagi hukmronligini saqlab qoliş, yadroviy dastur rivojlanişiga yöl qöymaslik va terrorçilik faoliyatini qöllab-quvvatlaganlik uçun öç oliş haqida körsatma berdi.
«Men Tehronda tişlari suğurilgan ilonning boşiga ehtiyot böliş va tuşunişni taklif qilaman: «Arslondek xalq» operatsiyasi Isroil yangi siyosatining şunçaki reklama körinişi edi – 7 oktyabrdan keyin daxlsizlik tugadi», dedi u.
Isroilning Eronga qarşi harbiy operatsiyasi 2025 yil 13 iyundan 25 iyungaça davom etdi. Isroil armiyasi ma’lumotlariga köra, Harbiy-havo kuçlari 1500 dan ortiq parvozni amalga oşirgan va 900 dan ortiq nişonga zarba bergan, Eronning 30 dan ortiq yuqori martabali harbiy amaldori yöq qilgan. Operatsiya AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan otaşkesim bilan yakunlandi.









