Ilon Mask Tesla kompaniyasining odamsimon Optimus roboti qaşşoqlikni yöq qiliş va har bir kişini tibbiy yordam bilan ta’minlaş imkonini berişini aytdi.

«Optimus qaşşoqlikni bartaraf etadi va barça uçun umumiy yuqori daromadni ta’minlaydi», deb yozdi Mask öziga tegişli X ijtimoiy tarmoğida.

Optimus - Maskka tegişli Tesla kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan odamsimon robot. Uning birinçi prototipi 2022 yil oktabr oyida taqdim etilgan. Robotning Optimus Gen 2 deb nomlanuvçi keyingi versiyasi 2023 yil dekabr oyida namoyiş etilgan. Mask yangi versiyani 2026 yil 1 çoragida taqdim etişga va’da berdi.

Tesla bu ommaviy va arzon odamsimon robot bölib, kundalik işlarda odam örnini bosişini va’da qilmoqda. Mask hatto uzoq muddatli istiqbolda bunday robotlar «smartfondan ham arzonroq» bölişi mumkinligini aytgan.