Uşbu festival Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 26 apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantiriş hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga muvofiq, Xorazm viloyati hokimligi tomonidan amalga oşirilmoqda.

Qovun sayli Xorazmning agroturizm salohiyatini keng tarğib etiş, qadimiy qovunçilik va boğdorçilik an’analarini qayta tiklaş, ilmiy asoslangan eksportbop navlarni ommalaştiriş, xorijiy mehmonlarga milliy madaniyat va mehmonnavozlik an’analarini tanitiş, xalqimizga unutilmas bayram tuhfa etiş maqsadida taşkil etilyapti.

Festival doirasida Qoraqalpoğiston Respublikasi va barça viloyat şahar-tumanlari öz hududlarida yetiştirilgan şirin qovunlarning körgazma-savdosini ötkazadi. Pavilonlar hududiy rang-baranglik asosida bayramona bezatiladi.

Şuningdek, teatrlaştirilgan sahnalar, qöğirçoq teatri va milliy liboslar namoyişi, milliy taomlar, Xorazm nonlari va hunarmandçilik mahsulotlari körgazmalari, badiiy jamoalar, folklor guruhlarining jonli ijro çiqişlari, mahorat darslari, tasviriy va amaliy san’at asarlari körgazmasi taşkil etiladi.

“Qovun sayli” da faol iştirok etgan, hududlardan kelgan jamoalar turli nominatsiyalar asosida Xorazm viloyat hokimligining qimmatbaho sovğalari (avtomobillar…) bilan taqdirlanadi.

Festivalning asosiy tadbirlari mahalliy va xorijiy yulduzlar iştirokidagi galakonsertlar bilan ötkaziladi:

8 avgust – Içanqal’a:
• Dj Meaghan (Belgiya)
• Mustafa Ceceli (Turkiya)
• Hamdam Sobirov (Özbekiston)

9 avgust – Içanqal’a:
• Dj Dianella (Qozoğiston)
• Djoni (Rossiya)
• Tohir Sodiqov (Özbekiston)

10 avgust — festivalning yopiliş marosimi “Arda Xiva” zamonaviy turizm majmuasida ötkaziladi. Unda Roza Zergerli (Ozarbayjon), Ğulomjon Yoqubov, Yulduz Turdiyeva, Gulsanam Mamazoitova va Xorazm yulduzlari iştirok etadi.