Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels hududida quturiş kasalligiga öxşaş bedavo va juda kam uçraydigan virusdan bir erkak vafot etdi. U körşapalak tişlaganidan söng bu kasallikka çalingan. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

Taxminan 50 yoşli erkak quturiş kasalligi bilan boğliq bölgan lissavirusni yuqtirgan.

«Yangi Janubiy Uelsda odamlarda uşbu virus birinçi marta tasdiqlandi va 1996 yilda Avstraliyada lissavirus topilganidan beri odam infeksiyasining törtinçi holati», deyiladi xabarda.

Ta’kidlanişiça, uşbu patogenning ikkita ştammi mavjud. Bat Conservation Trust ma’lumotlariga köra, Buyuk Britaniyada 1986 yildan beri sinovdan ötkazilgan 19 ming körşapalakdan faqat 59 tasida uşbu virus aniqlangan. Britaniyada kasallikni qayd qiliş boşlanganidan beri odamlarda infeksiyaning ikkita holati aniqlangan – birinçisi 1902 yilda, ikkinçisi esa 100 yildan keyin Şotlandiyada. Bu körşapalaklar bilan işlagan odamda topilgan.

«Odamlarga yuqiş holati juda kam uçraydi. Ammo, afsuski, zararlangan körşapalak tomonidan tirnalgan yoki tişlagan odamlarda lissavirus alomatlari paydo bölganda, samarali davo yöq», dedi Keyra Glazgo, soğliqni saqlaş boşqarmasi direktori.

Lissavirus belgilari kunlar, oylar va hatto yillar davomida paydo bölişi mumkin. Dastlabki belgilar grippga öxşaydi, boş oğriği, isitma va çarçoq. Bemorlarning ahvoli tezda yomonlaşişi mumkin, falaj, alahlaş, tomir tortişişi va oxir-oqibat ölim.

«Quturiş - bu markaziy asab tizimining kasalligi bölib, lissavirus ham unga öxşaş, garçi bu ikki virus genetik jihatdan farq qilsa ham. Afsuski, u bilan kasallangan odam uçun davo yöq, barça holatlar ölim bilan tugaydi», dedi Ian Makkey, Kvinslend Universiteti virusologi.

Biroq, quturganda bölgani kabi, kasallikni öz vaqtida davolaş simptomlarning rivojlanişiga tösqinlik qilişi mumkin. Viruslar juda öxşaşligi tufayli, lissavirus infeksiyasini davolaş uçun quturişga qarşi immunoglobulin va vaksinalar qöllaniladi.