Surxondaryo va Farğona viloyatlarida yer maydonlarini sotmoqçi bölgan şaxslar uşlandi, deb xabar beradi Boş prokuratura huzuridagi departament.

Qayd etilişiça, departamentning Denov tumani bölimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbirda M.N. ismli şaxs va kadastrlar palatasi Oltinsoy tumani bölimi muhandisi A.N. özaro til biriktirib, fuqaro A.Y.ning işonçiga kirgani aniqlangan. Ular uşbu fuqaroga Oltinsoy tumani «Ipoq» MFY hududidagi davlat zaxirasida bölgan 65 sotix yer maydonini 1,1 milliard sömga sotişga kelişib, şundan 300 million sömini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şu kabi, departamentning Bağdod tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda «Ş-B.» fermer xöjaligi işçisi Ş.Yu. fuqaro F.B.ning işonçiga kirib, unga uşbu fermer xöjaligiga qaraşli 26 sotix hamda tutaş hududdagi suv yetkazib beriş xizmatiga qaraşli muhofaza zonasidagi 14 sotix yer maydonini 60 ming dollarga sotişga kelişib, oldindan 35 ming dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.