XXR Savdo vazirligi Yevropa Ittifoqi brendlariga 27,3 foizdan 34,9 foizgaça bojlar joriy etilişini e’lon qildi. Bu haqda idora saytiga joylaştirilgan bayonotda söz boradi.
Qayd etilişiça, 5 iyuldan kuçga kiradigan çeklovlar beş yil muddatga möljallangan.
Pernod Ricard va Remy Cointreau bojlardan ozod qilinadi, çunki ular minimal narx çegarasini bajariş majburiyatini olgan. Şuningdek, faoliyati antidemping kampaniyasi doirasida tergov qilinmagan yangi eskportçilarga nisbatan ham yengilliklar közda tutilgan. Ular örnatilgan bojlarsiz mamlakatda savdo qiliş uçun ariza berişlari mumkin.
Pekin antidemping jarayoni taşabbusi bilan YeI 2024 yilda Xitoy elektromobillariga nisbatan tariflar joriy etganidan keyin çiqqandi. XXRning javobi eng köp fransiyalik işlab çiqaruvçilarning daromadlariga ta’sir qiladi. Bojlar Xitoy TIV rahbari Van Ining Parijga taşrifi fonida e’lon qilindi. Fransiya uning taşrifi milliy kompaniyalar uçun oqibatlarni yumşatişga yordam berişiga umid qilayotgan edi.












