Ukraina Rossiya tajovuziga qarşi mudofaasini davom ettiriş uçun Germaniyaga Berlindan olmoqçi bölgan qurollar röyxatini berdi. Ularning umumiy qiymati bir neça milliard yevro bilan ölçanadi, deb yozadi Germaniyaning Bild gazetasi 6 iyul, yakşanba kuni. Uning ta’kidlaşiça, Kiyevning röyxati maxfiy bölib, uç toifani qamrab oladi: havo mudofaasi, himoyalangan transport vositalari va radioelektron kuraş. Xususan, gap törtta yangi Iris-T havo mudofaa tizimi haqida boryapti. Bundan taşqari, Kiyev sörovi Iris-T SLM örta masofali havo mudofaa tizimi uçun 1500 ta boşqariladigan raketa va Iris-T SLS qisqa masofali havo mudofaa tizimi uçun 500 ta boşqariladigan raketaga tegişli. Rossiya dronlaridan himoyalaniş uçun Ukraina 200 mingta 40 mm kalibrdagi zenit öq-dorilarini olmoqçi. 

«Himoyalangan transport vositalari» toifasiga minadan himoyalangan 1000 ta avtomobil va turli modifikatsiyadagi 200 ta maşinalar kiradi. Bundan taşqari, Ukraina Germaniya kansleri Fridrix Mers hukumatidan minalarga çidamli 30 ta tank va 20-30 ta Wisent minadan tozalaş zirhli maşinasini olmoqçi. Tahririyatda mavjud ekani taxmin qilinayotgan röyxatga köra, Kiyev maxsus topşiriqli kuçlarni taşiş uçun 200 ta yöltanlamas ham söragan.

Bild naşri xabariga köra, Ukraina REK vositalaridan dronlardan himoyalaniş uçun 1000 ta GPS-töxtatuvçini, şuningdek nişonlarni kuzatiş va qayd etiş uçun 200 ta mobil yerusti radarlarini olişga intilmoqda.

Jurnalistlarning eslatişiça, Mers hukumati hokimiyatga kelganidan söng, Ukrainaga Germaniyadan harbiy yordam yetkazib beriş masalasi maxfiylaştirildi — Berlin buni Kreml uşbu ma’lumotlarni olmasligi kerakligi bilan tuşuntirdi. Öz navbatida, tanqidçilar bu qadam yetkazib berişdagi keçikişlarni yoki ularning yöqligini yaşirişga qaratilgan deb hisoblaydi.