Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toşkent viloyati Böstonliq tumanida röy bergan yonğin töğrisida ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, bugun, 6 iyul soat 16:38 da Böstonliq tumani «Qoranköl» MFY qir-adirligida quruq öt (şox-şabba) yonayotgani töğrisida FVBga xabar tuşgan.

Yonğin joyiga 4 ta yonğin-qutqaruv ekipajlari soat 17:00 da yetib borgan. Yonğin hududi kengayişiga yöl qöymaslik uçun «Burçmulla» örmon xöjaligidan ham yonğin öçiriş işlariga xodimlar jalb qilingan.

Ma’lumotlarga köra, yonğin oradan salkam ikki soat ötib, 18:50 da qurşab olingan va soat 19:16 da öçirilgan.

«Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yöq», - deyiladi xabarda.

Avvalroq Taxtaqoraça dovonidagi qir-adirlikda yuzaga kelgan yonğin öçirilgani töğrisida xabar berilgandi.