Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Damas yo‘l chetida turgan yuk avtomobili tirkamasiga borib urildi
Joriy yilning 7 iyul kuni soat 12:30 larda Yangihayot tumani 4P21 yo‘lining "Jaloyir" MFYga kirish qismida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi S.I. Damas rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetida harakatsiz to‘xtab turgan, haydovchi Sh.B. boshqaruvidagi FREHAUF TF34 rusumli yuk avtomobilining yarim tirkamasi bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida Damas transport vositasining haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:00 / 16.05.2026
Chilonzorda Tracker piyodani urib yubordi
00:40 / 16.05.2026
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
16:48 / 15.05.2026