Prezident Şavkat Mirziyoyev 7 iyul kuni Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi, hududlardagi işlarning borişi va aholini qiynayotgan masalalar hal etilişi yuzasidan hisobot bilan tanişdi.

Ötgan yil 31 dekabrda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişni jadallaştiriş böyiça Prezident qarori qabul qilinib, zarur masalalar hal etib berilgan edi. Xususan, unda 2025 yilda 2 milliard dollar investitsiya jalb etiş, eksportni 285 million dollarga yetkaziş, 168 ming odamni işli qiliş çora-tadbirlari belgilangandi.

Ta’kidlanişiça, bu vazifalar birin-ketin bajarilmoqda. Ötgan olti oyda Jizzaxda sanoat, servis va qişloq xöjaligida 200 ta loyiha işga tuşdi. Viloyatga 662 million dollar investitsiya kirib keldi.

Lekin Döstlik, Zafarobod, Paxtakor, Mirzaçöl tumanlari bu borada ança orqada qolayapti. Şu bois yangi loyihalarni avvalo şu tumanlarga joylaştirib, odamlarni işli qiliş zarurligi ta’kidlandi.

Sönggi vaqtlarda viloyatda 250 million dollarlik yirik turizm majmualari işga tuşgani natijasida bir yilda sayyohlar oqimi 2 karra oşdi. Buni yanada oşiriş uçun hamma şaroit bor.

Yana bir katta imkoniyat – yer bölib, Jizzaxda 1 million 300 ming gektar qişloq xöjaligi yerlari bölgani bilan atigi 40 foizida ekin ekilayapti. Bir gektarga töğri keladigan örtaça daromad ham boşqa viloyatlarga nisbatan kam. Aslida, yerdan samarali foydalanib, oziq-ovqat mahsulotlari va çorva ozuqasini köpaytiriş mumkin.

Davlat rahbarining taşabbusiga muvofiq, Jizzax viloyatida ham mutasaddilar, soha mutaxassislari va yetakçi tadbirkorlardan iborat «Islohotlar ştabi» tuzildi.

Yiğilişda mazkur ştab tomonidan tayyorlangan yangi loyihalar taqdimot qilindi. Unga köra, umumiy qiymati 520 million dollarlik 200 ta loyiha şakllantirilgan. Ularning natijasida 12 mingta iş örni, budjetga qöşimça 120 milliard söm tuşum, 100 million dollarlik eksport imkoniyati yaratilişi közda tutilgan.

Ta’kidlanişiça, prezident loyihalarning iqtisodiy asosi va bozor talabi bilan qiziqdi. Hokimlar va «Islohotlar ştabi» birgalikda işlab, sanoat, qişloq xöjaligi, turizm va xizmat sohalarida «katta sakraş» qilişi kerakligi ta’kidlandi.