Turkiyada 35 yoşli özbekistonlik ayol otişma oqibatida halok böldi, deb xabar beradi Özbekistonning Istanbuldagi Boş konsulxonasi.

Qayd etilişiça, Özbekiston fuqarosi Aydin viloyatida joylaşgan restoranda ofitsiant sifatida faoliyat yuritib kelgan. 5 iyul kuni yuz bergan otişmada u boş qismidan oğir jarohat olib, voqea joyida vafot etdi.

Mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinayotgan 5 nafar şaxs huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan qölga olingan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Vafot etgan vatandoşimizning jasadini Özbekistonga yuboriş, şuningdek, uning yaqinlariga zarur yordam körsatiş böyiça Boş konsulxona hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Turkiyadagi vakilligi tomonidan tegişli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda», — deyiladi xabarda.