O‘zbekiston | 12:12 / 09.07.2025
1361
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston MDHning Shaxslarni davlatlararo qidirish shartnomasi bayonnomasini tasdiqladi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Foto: Sputnik/Zafar Xalilov

2010 yil 10 dekabrdagi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning Shaxslarni davlatlararo qidirish to‘g‘risidagi shartnomasiga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi bayonnoma tasdiqlandi

Bayonnoma 2024 yil 18 oktyabrda Moskva shahrida imzolangan.

Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid