Veolia Energy Tashkent 30 maydan 17 iyulgaça rejalaştirilgan issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlari töxtatilganini ma’lum qildi.
Kompaniya sinovlarni ötkaziş böyiça yondaşuvni qayta körib çiqayotgani va quvurlardagi ehtimoliy avariyali uçastkalarni aniqlaşning yangi, xavfsizroq usullarini işlab çiqayotganini ma’lum qildi.
«Bizning maqsadimiz — 2025-2026 yilgi isitiş mavsumiga tayyorgarlik jarayonida aholi uçun xavflarni minimallaştirgan holda issiqlik ta’minotining işonçliligi va xavfsizligini ta’minlaş. Keyingi çoralar va muddatlar haqida qöşimça ma’lumot beriladi», - deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, bugun, 10 iyul kuni Toşkent şahrida Şayxontohur tumani hududidagi tibbiyot instituti çorrahasida yer tagida diametri 800 mm bölgan suv quvuri yorilib ketdi.
Yuzaga kelgan quvur yorilişi sababli fuqarolar mulki, transport vositalari yoki boşqa obektlarga yetkazilgan barça zararlar Veolia Energy Tashkent kompaniyasi tomonidan töliq qoplab beriladi.











