Toşkentda issiq suv quvuri bosim bilan sinaş paytida yorilib ketdi. Xayriyatki, talafotlar faqat moddiy, baxtli tasodif sabab heç kimga jiddiy şikast yetmadi. Sal qolsa, osmonga uçgan trotuarning beton plitasi odamni bosib qolişi heç gap emasdi. Xöş, şaharda insonlar hayoti tasodif ixtiyoriga taşlab qöyilganmi? Kun.uz bu haqdagi savollar bilan mas’ullarga yuzlandi.
10 iyul kuni Şayxontohur tumani Farobiy köçasida trotuar ostidan ötgan issiq suv quvuri yorilib, portlaşga olib keldi. Voqea kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida, quvurlarni odatiy bosim ostida sinaş vaqtida röy berdi.
Kuzatuv kameralaridan olingan videolardan körinişiça, trotuarda turgan piyodadan bir neça qadam narida trotuarning beton plitasi otilib, ötkinçi avtomobilni bosib qolişiga bir baxya qolgan – agar portlaş svetoforning qizil fazasida röy berganida, şunday bölişi tayin edi.
Boşqa bir videoda portlaş natijasida hosil bölgan quyuq çang içidan bir neça kişi jon holatda, boşini çangallagança yugurib çiqayotgani körinadi.
FVV axborotiga köra, uç kişi yengil jarohatlangan. Bir neça avtomobil va binoga zarar yetgan. Kun.uz muxbiri voqea joyida bölib, guvohlar va mas’ullar bilan suhbatlaşdi.
Veolia Energy'ning Olmazor tumani bölim boşliği Baxtiyor Rasulovga köra, yetkazilgan zararlar kompaniyaning suğurta böyiça hamkori tomonidan qoplab beriladi.
“Qişda yorilib ketmasligi uçun, quvurlar 30-40 yildan beri mana şu tarzda sinab kelinadi. Tajribamda bunday holatlar avval ham bölgan. Bir neça yil oldin sal nariroqda ham şunday portlab, suv balandga otilgan. Yunusobodda ham yorilib, fontan bölib ketgan.
Özi 16 atmosfera bosimga sinamoqçi edik, lekin ungaça çiqmadi, 12,6–12,8 atmosferada yorilib ketdi. Har bitta trubaning xizmat muddati bor, bir neça ön yil. Biz muddatidan oldin uni almaştira olmaymiz, çirigan joylari bor-yöqligini mana şunaqa obpressirovka bilan sinab olamiz. Mana, hozir çirigan joyi çiqdi.
Bunaqa sinov butun şahar hududida böladi. Zarar yetkazilgan holatlar böyiça aktlar tuzamiz, suğurtamiz bor, şu suğurta kompaniyasi tölab beradi, faqat dalolatnoma asosida.
Belgilangan tartib böyiça, sinov ötkazilayotganda ma’lum bir masofalarda xodimlarimizni joylaştiramiz. Bu yerda ham xodimimiz turgan, u odamlarga: “Nariroqqa ötinglar, bu yerda sinov bölyapti” deb aytdim deyapti. Nima uçun bu xodimlarni qöyamiz? Sababi, yorilib ketsa, zudlik bilan issiq suvni öçirişimiz kerak”, – dedi Baxtiyor Rasulov.











