Taomni keragidan köp iste’mol qiliş faqat oçlik hissi yoki “iştahaning karnayligi”ga boğliq emas, muammoning ildizi notöğri vaqtda ovqatlaniş va nosoğlom yeguliklar tanovuliga borib taqaladi. Ba’zan inson miyasi çanqoq va oçlik signalini adaştirib qöyadi. Natijada tanaga suv kerak bölgan paytda ham biz ovqat yeyişga kirişamiz. Bu ortiqça kaloriya iste’moli vaqt ötişi bilan vazn ortişiga olib keladi. Xöş, tananing haqiqiy ehtiyoji nimada ekanini qanday aniqlaş mumkin? Töyganlik hissini seziş, tanovulda me’yorni saqlaş uçun qaysi usullardan foydalaniş kerak? Uşbu maqolada aynan şular haqida söz yuritiladi.

Me’yordan ortiq iste’mol qiliş semizlikka sabab böluvçi, jahon miqyosida eng keng tarqalgan salomatlik muammolaridan biri hisoblanadi. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, dunyo böyiça 650 million kattalar, 340 million ösmirlar va 39 million bolalar (2022) ortiqça vazndan aziyat çekadi. Yuqori kaloriyali, yoğ va şakar miqdori köp mahsulotlarni ortiqça istemol qiliş semizlik, yurak-qon tomir, jigar kasalliklari, diabet, saratonning ba’zi turlari va hatto ruhiy holat buzilişlarini ham yuzaga keltiradi.

Odatda, odamlar doim “normal” ovqatlanyapman deb öylaydi, negaki taom, oraliq yegulik, şirinliklar tanovulidagi me’yor buzilişi köp hollarda sezilmaydi va bu holat sekin-asta soğliqni yemiradi.

Köp yeyişga ehtiyoj qayerdan paydo böladi?

Normadan oşiq ovqatlaniş stress, çarçoq yoki emotsional tuşkunlikni yengillaştiriş vositasi sanaladi. Ayniqsa, kundalik hayotda doimiy bosim ostida yaşaydigan odamlar uçun yegulik “vaqtinçalik taskin” manbaiga aylangan.

Stress paytida inson tanasida kortizol gormoni ajralib çiqadi. Bu modda iştahani oçadi, ayniqsa, şakar va yoğga boy ovqatlarga bölgan ehtiyojni kuçaytiradi. Natijada odam “emotsional oçlik”