Guvohlar va mahalliy ommaviy axborot vositalari xabarlariga köra, önlab mehmonlar yoş kelin-kuyovni qutlaş uçun Eron janubidagi Kuhestak şahriga – Malahiylar oilasining uyiga allaqaçon yetib kelişgandi.
Seşanba kuni soat 21:30 lar atrofida töyga bomba tuşdi. New York Times naşrining vizual tahlili va qurol böyiça ekspertning taʼkidlaşiça, uşbu bomba Amerika harbiylari tomonidan Eron janubida olib borilayotgan kuçli hujumlar doirasida taşlangan. Eron Qizil Yarim Oy jamiyatining maʼlum qilişiça, töyda kamida beş kişi, jumladan 6 yoşli bola halok bölgan va kamida yana 67 kişi yaralangan.
Mehmonlar orasida NYT tomonidan şaxsi tasdiqlangan Mutahhara ismli ayol ham bor edi. Töy oqşomida u bir kun oldin bölib ötgan ayollar xina oqşomidan olingan selfisini Instagramʼga joylagan edi.

Hujumdan keyin bir soat içida yuklangan keyingi postida Mutahhara «töy motamga aylandi va şirin tun mangu aççiq bölib qoldi», deb yozdi.
Zarbadan keyingi ilk holat aks etgan videoda – mahalliy aholining vayron bölgan binolar orasida şoşilib yugurayotgani, tibbiy yordam xodimlari esa hududga şlang orqali suv sepib öçirişga urinayotgani tasvirlangan tartibsiz manzara körinadi.
Naşr videoning qayerda suratga olinganini aniq tasdiqladi. Xususan, hududning sunʼiy yöldoş tasvirlariga mos keladigan belgilari videoning haqiqatan ham seşanba oqşomida tasvirga olinganini isbotladi.
Guvohlar nima deydi?
Eron janubidagi kiçik şaharçalarda töylar anʼanaviy tarzda odamlarning uylarida ötkaziladi, Malahiylar oilasida ham xuddi şunday bölgan edi. Töylar butun bir mahalla tadbiriga aylanib, erkaklar va ayollar alohida uylarda yiğilişadi. Aftidan, zarbalar töy bölib ötayotgan binolardan biriga tuşgan.
Öqituvçi Hamid Kasiriy va boşqa guvohlar bino tomining öpirilib tuşgan joyi aks etgan videolarni joylaştirdi. Eron rasmiylariga köra bu bino töğridan-töğri AQŞ zarbasiga uçragan. Beton devorlar teşilgan, eşiklar çilparçin bölgan, şiftlar qulab tuşgan va butun hudud böylab vayronalar soçilib yotardi.
























