Özbekiston Boş prokuraturasi 12 iyul kuni ommaviy axborot vositalarida Toşkent şahrida bir basseynda yetti bola çökib ketgani, şundan ikki nafari vafot etgani haqida tarqalgan xabar yuzasidan aniqlik kiritdi.
Aniqlanişiça, Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaziga joriy yilning 12 may kunidan 10 iyul kuniga qadar Toşkent şahrining turli hududlardagi yaşaş manzillaridan 7 nafar voyaga yetmagan bola çökişi bilan boğliq murojaatlar kelib tuşgan.
Şundan 4 nafar bolaga davolanişdan söng yaşaş manzillariga ruxsat berilgan, 2 nafar voyaga yetmagan bola davolanmoqda, şundan 1 nafarining ahvoli öta oğir.
Şuningdek, 1 nafar bola qarovsiz qolgani oqibatida xonadondagi basseynga tuşib ketib, vafot etgan. Tibbiy muassasaga olib borilgan vaqtda unda biologik ölim qayd etilgan.
Uşbu holat yuzasidan Çilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bungaça «Milliy» telekanali juma kuni «Millar» körsatuvida Toşkentda uy basseynlarida çökib ketgan yetti nafar bola Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingani haqida xabar berilgandi. Reportajda bu holatlar qaysi vaqt oraliğida röy berganiga oydinlik kiritilmagan.
Markaz bolalar reanimatologi Alişer Mustaqimov ikki nafar bola jonsiz holda olib kelingani, beş nafari jonlantiriş bölimiga yotqizilgani – ularning barçasi koma holatida bölganini aytib ötgan. Uç-yetti kundan keyin uç nafari öziga kelgan, ikki nafari öta oğir ahvolda, koma holatida qolmoqda, degan şifokor.
Uning sözlariga köra, bolalardan biriga 40 daqiqa davomida reanimatsiya muolajalari ötkazilgan, şundan söng bolaning yuragi ura boşlagan.
«Umid har doim qoladi, lekin uzoq vaqt davomida gipoksiya holatida bölgandan söng, biror narsa deyiş qiyin. Aksariyat hollarda omon qolgan bolalar nogiron bölib qoladi», – dedi Alişer Mustaqimov.
Sayoz uy basseynlari bolalar uçun xavflimi, degan savolga şifokor şunday dedi: «2, 3, 5 yoşli bolalarda koordinatsiya hali yetarliça rivojlanmagan, ular suvga tuşib ketganda kötarilişi qiyin, bola stress holatiga tuşib qolişi mumkin, qanday turiş yoki boşini kötarişni bilmasligi mumkin. Bola suv ostida bir-ikki nafas olsa, öpkasini töldiradi va keç bölişi mumkin».
Şunga köra, çökib ketgan bolalarning yoşi 2-5 oraliğida bölganini taxmin qiliş mumkin.








